Jahon | 00:05 / 17.03.2020
4041
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi 4 ta oliy ta'lim muassasasi koronavirus sababli masofadan o‘qitishni boshlaydi

Moskvadagi 4 ta oliy ta'lim muassasasi koronavirus tarqalishi xavfi sababli Rossiya fan va oliy ta'lim vazirligi tavsiyasiga ko‘ra masofadan o‘qitish shakliga o‘tadi. 

“Biz ertadan 2 aprelgacha masofadan o‘qitish shakliga o‘tamiz”, deb aytgan Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) matbuot kotibi Viktoriya Kalashnikova. 

Shuningdek, 17 martdan M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida ham masofadan o‘qitish boshlanadi.

Bundan tashqari, N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti 23 martdan,  G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti 17 martdan 21 martgacha masofadan o‘qitishga o‘tishi e'lon qilingan. 

14 martdan Moskva va Moskva oblastida o‘quvchilarga maktablarga erkin tarzda qatnashga ruxsat berilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid