Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neft gigantlari bir hafta ichida yarim trillion dollar yo‘qotdi
Neft narxining tushishi ooqibatida dunyoning eng yirik 14 ta neft kompaniyasining bozor narxi bir hafta ichida 495 mlrd dollarga kamaydi.
Bundan eng ko‘p Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi jabr ko‘rdi, deb xabar berdi Deutsche Wirschafs Nachrichten nashri.
8 martdan 12 martgacha savdolar davomida Saudi Aramco’ning aksiyalari Saudiya Arabistonining Tadawul birjasida 12,1 foizga arzonlashib ketgan, kompaniyaning kapitallashuvi esa 230 mlrd dollarga kamaygan. 2019 yil dekabrda kompaniya Ar-Riyoddagi birjaga ilk bor chiqqandan keyin 1,88 trln dollarga baholangandi.
Saudiya Arabistoni kompaniyasidan keyin eng ko‘p yo‘qotishga Gollandiyaning Royal Dutch Shell kompaniyasi uchragan. Kompaniyaning aksiyasi narxi 30,9 foizga arzonlashib, kompaniya bozor qiymati 48,3 mlrd dollarga kamaygan. Shu davr ichida Britaniyaning BP kompaniyasi aksiyasi 30,1 foizga arzonlashib, kapitallashuvi 29,5 mlrd dollarga kamaygan.
Shuningdek, Italiyaning Eni kompaniyasi aksiyalari 32,4 foizga arzonlashib, bozor qiymati 13,5 mlrd dollarga tushib ketgan. Fransiyaning Total kompaniyasi kapitallashuvi aksiyalari narxi 29,2 foizga qadrsizlangach, 33,7 mlrd dollarga kamaygan.
Umuman olganda, neft narxi bu davr ichida 30 foizga tushib, 31 dollargacha arzonlashgan. Bu esa oxirgi 4 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir. Ekspertlarning ta'kidlashicha, aynan shu vaziyat yetakchi neft kompaniyalari aksiyalari arzonlashishi va bozor qiymati tushishiga olib kelgan.
Mavzuga oid
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
13:52 / 13.03.2026
Vengriya Kiyevga inkassator mashinalarini pullarsiz qaytaradi
14:55 / 03.03.2026