Uzcard: firibgarlikdan himoyalanish uchun oddiy qoidalar
Ayni vaqtda butun dunyo bo‘yicha bir milliarddan ortiq bank kartalari mavjud va bugungi kunda bu tovarlar hamda xizmatlar uchun haq to‘lashning eng qulay vositasi bo‘lib, cheklanmagan miqdorda pul mablag‘larini olib yurish uchun tengsiz vositadir. Bank kartalari moliyaviy vosita sifatida muntazam takomillashtirilmoqda, ularni qo‘llash sohalari hamda xizmat ko‘rsatish ko‘lami kengaymoqda. Deyarli har ikkinchi plastik karta foydalanuvchisi ulardan pul mablag‘larini saqlash maqsadida foydalanadi. Aholi uchun plastik karta hisobi bo‘sh pul mablag‘larini nazorat qilish hamda boshqarishning qulay usuliga aylandi.
Biroq, turli ommabop mahsulotlar singari bank kartalari ham, ayniqsa pul muomalasi sohasida, afsuski, noqonuniy tajovuzlar nishoniga aylandi. Internet tarmog‘idagi firibgarlik eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Jinoyatchilar onlayn-do‘konlarda xaridlarni amalga oshirish maqsadida karta ma'lumotlarini oladilar. Eng muhim jihati shundaki, aksariyat bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlikka duch kelish holatlari karta egalarinnig beparvoligi yoki xavfsizlikning asosiy qoidalarini bilmasliklari tufayli kelib chiqmoqda.
Emitent-banklar plastik kartalar xavfsizligini maksimal darajada oshirishga harakat qilmoqdalar. Ularni ishlab chiqarish hamda ishlatishda foydalaniladigan himoya texnologiyalari muntazam takomillashtirilmoqda. Bu esa barcha uchun, ya'ni ham banklar, ham karta egalari uchun foydalidir. Biroq, agar foydlanuvchi uni ishlatish qoidalariga rioya qilmasa, banklar bank kartasidan foydalanish xavfsizligini kafolatlay olmaydi. Hamisha shuni yodda tutish kerakki, har qanday kasallikni davolagandan ko‘ra uni oldini olgan afzalroq. “Noqulay” holatlarga tushib qolmaslik hamda karta hisobidagi pul mablag‘laringiz xavfsizligini ta'minlash uchun vaqti-vaqti bilan ushbu oddiy qoidalarni ko‘zdan kechirib turishingizni tavsiya etamiz:
- PIN-kodni eslab qoling va hech kimga aytmang, eng muhimi, bunday ma'lumotlarni kartaning orqa tomonidan saqlamang. Banklarda Sizga kodni o‘ylab topish imkoniyatini beradilar va shu joyning o‘zida uni kod o‘qiydigan qurilmaga kiritishingiz mumkin, zinhor uni ovoz chiqarib aytmang. PIN-kod nimani anglatishi faqatgina karta egasining o‘ziga ma'lum bo‘lishi kerak!
- Har doim karta hisobidagi pul mablag‘lari balansi hamda ularning “moddiy” mavjudligini nazorat qiling. Kartani jamoat joylari (avtomobil, ishxona)da qoldirmang.
- Balansning o‘zgarishi hamda karta hisobidan amalga oshirilgan har bir operatsiya haqida xabar beruvchi SMS-xabarnoma xizmatini ulang (hatto pullik bo‘lsa ham). Shu tartibda, siz har doim hisobingiz holatini kuzatib borishingiz va shubhali operatsiyalar sodir bo‘lgan taqdirda o‘z vaqtida choralar ko‘rishingiz mumkin.
- Agar hisobdan pul mablag‘i yechib olish xavfi vujudga kelganda, zudlik bilan bankka qo‘ng‘iroq qilib, karta faolitini muzlatib qo‘yishingiz kerak bo‘ladi.
- Hech kimga va hech qachon kartangiz ma'lumotlarini bermang. Firibgarlarning keng tarqalgan hiyla-nayranglaridan biri ma'lum bir bank xizmati nomidan ishonchsiz ma'lumotlarga ega SMS-xabarlarni yuborish, masalan, telefon raqami egasining kartasi muzlatib qo‘yilganligi to‘g‘risida ogohlantiradi va ma'lum bir raqamga qayta qo‘ng‘iroq qilish kerak bo‘ladi. Shu yoki boshqa sabablarga ko‘ra ma'lumotlarni solishtirib ko‘rish maqsadida karta turi, amal qilish muddati, PIN-kodlarini so‘raydilar, hatto karta hisobidagi qoldiq pul mablag‘larigacha ham aniqlik kiritadilar. Maxfiy ma'lumotlarni olgandan so‘ng, firibgarlar Internet orqali operatsiya amalga oshirishlari yoki pochta orqali buyurtmalar berishlari mumkin. Shuning uchun, faqat bir narsani yodda tutish kifoya. Banklar hech qachon tasdiqlashni so‘ramaydilar, ayniqsa Internet orqali – bu firibgarlar ish sxemasi. Hech kim! Har qanday holatda sizdan bank kartangizga oid maxfiy ma'lumotlarni so‘rashga haqqi yo‘q!
Bank sizga faqat karta hisobidan pul mablag‘lari yechib olinganda va hisob to‘ldirilgandagina SMS-xabar yuboradi. Siz amalga oshirmagan xatti-harakatlar to‘g‘risida, bank yoki to‘lov tizimi nomidan Sizga yuborilgan shubhali murojaatlar to‘g‘risida SMS-xabarlar olinganda, darhol bu haqda xizmat ko‘rsatuvchi bankka xabar bering. Karta operatsiyalarida tasdiqlash uchun Sizdan bank kartangiz ma'lumotlarini, kodlarini va SMS orqali kelgan bir martalik parollarni kiritish yoki taqdim etish talab etilganda ehtiyot bo‘ling.
6. Internet orqali to‘lovlarni amalga oshirayotganingizda Sizdan CVC xavfsizlik kodi – imzo uchun joyning o‘ng tomonida, karta raqamlarining oxirgi to‘rtta raqamining o‘ng tomonida joylashgan uchta raqamli kodni kiritishni talab qilishadi. Bu ma'lumotlar brauzer, kompyuter va boshqa gadjetlar xotirasida saqlanib qolmasligi uchun, karta egalarini qo‘shimcha himoya qilish uchun amalga oshiriladi. Ulanish uchun ishonchli deb tan olinmagan shubhali resurslarga CVC va CVV xavfsizlik kodini kiritmaslik kerak.
Agar Sizdan kartani skanerlash talab etilsa – kartaning kod joylashgan qismini qog‘oz bilan yopib qo‘ying, aks holda o‘z pul mablag‘laringizni xavf ostiga qo‘yasiz!
Hurmatli plastik karta egalari hushyor bo‘ling hamda kartalaringizdan xavfsiz foydalanishning asosiy qoidalariga rioya qiling, shunda Sizning pullaringiz butunligi va xavfsizligi ta'minlanadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:27 / 20.08.2022
IESlar va Uzcard ham xususiylashtiriladi
15:25 / 30.03.2022
Uzcard yangicha to‘lov kartalari chiqaradi
12:54 / 30.09.2021
«Uzcard» bankomatlarda valuta ayirboshlashni to‘xtatdi
14:22 / 03.12.2020