Xorazm viloyatidagi ba'zi hududlar Tuproqqal'a tumani tarkibiga kiritiladi
Xorazm viloyati hokimligida xalq deputatlari kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Hazorasp tumani, Pitnak shahri hamda Tuproqqal'a hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini yangi tashkil etilishi ko‘zlangan Tuproqqal'a tumani tarkibiga o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.
Bu haqda Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Sessiyada Hazorasp tuman hokimi birinchi o‘rinbosari, Pitnak shahar hokimi Oybek Boboyev so‘zga chiqdi va bir necha yillardan buyon Tuproqqal'a aholi yashash punkti va Pitnak shahri aholisi Hazorasp tumani ma'muriy markazidan uzoqdaligi tufayli qiynalib kelayotgani, kelib tushayotgan muammolarning 90 foizi shu bilan bog‘liq ekanini ta'kidladi.
Sessiyada Xorazm viloyati hokimi zimmasiga «O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, Tuproqqal'a tumanini tashkil etish taklifini ko‘rib chiqish va Oliy Majlisga taklif kiritish masalasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga iltimosnoma kiritish vazifasi yuklatildi.
O‘rtaga qo‘yilgan masala yuzasidan deputatlarning fikr-mulohazalari tinglandi. Sessiya yakunida muhokama etilgan masala yuzasidan Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi
Jahon | 01:16
-
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda
Jahon | 00:31
-
Kashmirda sayyohlarni o‘qqa tutgan terrorchilar haqidagi ma’lumot uchun mukofot e’lon qilindi
Jahon | 23:43 / 23.04.2025
-
Lavrov: Rossiya YeIning Markaziy Osiyoda hukmronlik o‘rnatishga bo‘lgan urinishlariga qarshi
Jahon | 23:20 / 23.04.2025
Mavzuga oid

18:30 / 18.04.2025
Xorazmda mehmonxona qurish uchun investorlarga subsidiya beriladi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

23:57 / 16.04.2025
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi

12:35 / 25.03.2025