Jahon | 22:32 / 18.03.2020
11353
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaota to‘liq yopiladi – shaharga kirish va undan chiqish taqiqlanadi     

Qozog‘istonning Olmaota shahri koronavirus tarqalishi oldini olish maqsadida 22 martdan kirish-chiqish uchun to‘liq yopiladi.

Foto: Lucky

“Olmaota viloyatida yashovchilarga murojaat qilmoqchiman: sizda shaharni tark etish uchun 72 soat bor. Olmaotaliklar to‘liq izolyatsiyada qolishlari kerak. 22 martdan barcha blokpostlar yopiladi”, deb aytgan Olmaota akimi o‘rinbosari Yerlan Kojagapanov. 

Shuningdek, shaharda 22 martdan aviaaloqa va temir yo‘l qatnovlari to‘xtatiladi. 

“Xalqaro reyslar bekor qilinmaydi: biz ularni qabul qilamiz, biroq qandaydir bosqichda cheklovlar kiritamiz”, deb aniqlik kiritgan Kojagapanov.

Shuningdek, shahardan chiqish va unga kirish taqiqlanadi. Bu taqiqlov yaqin atrofdagi hududlarning Olmaotada ishlovchi aholisiga ham taalluqli bo‘ladi. Ish beruvchilar hozirdanoq bunday ishchilarni ish haqi saqlanadigan ta'tilga jo‘natishmoqda va ularga masofadan ishlash rejimini joriy qilishmoqda.

Olmaota aholisidan osoyishtalikni saqlash va imkoni boricha uylaridan chiqmaslik, karantin choralari, sanitar-gigiyenik dezinfeksiya ishlari va huquq-tartibot idoralari ishiga qarshilik qilmaslik so‘ralgan.  

Avvalroq ma'lum qilinganidek, 19 martdan Olmaota va poytaxt Nur-Sulton karantinga yopiladi. Ayni vaqtda Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 36 nafarni tashkil qilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid