"O‘zbekneftgaz" va "ERIELL Group" beshta yangi quduqni foydalanishga topshirdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida “O‘zbekneftgaz” AJ va “ERIELL Group” kompaniyasi hamkorlikda yangi obektlarni foydalanishga topshirdi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Shimoliy Berdaq” konida 77-sonli quduq, shuningdek diametri 108x6 mm va uzunligi 1150 m.ga teng bo‘lgan shleyf gaz quvuri foydalanishga topshirildi. Ushbu quduq 66-sonli quduqning mavjud shleyfiga ulangan.
Ayni paytda Ustyurtda “Arslon” konining 18-sonli qudug‘i, shuningdek diametri 108x6 mm va uzunligi 1250 m.ga teng bo‘lgan shleyf gaz quvuri foydalanishga topshirildi. Quduq “Arslon” konidagi mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.
Qashqadaryo viloyatida “Somontepa” konidagi 127-sonli quduq ishga tushirildi. Shuningdek diametri 114x9 mm va uzunligi 3500 m.ga teng shleyf gaz quvuri barpo etildi. Quduq “Somontepa” konidagi mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.
Bundan tashqari, “Sho‘rtan” konida 327-sonli quduq foydalanishga topshirildi, shuningdek diametri 114x9 mm va uzunligi 1422 m.ga teng shleyf gaz quvuri barpo etildi. Quduq “Sho‘rtan” konining mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.
Buxoro viloyatida “To‘maris” konining 12-sonli qudug‘i ishga tushirildi, shuningdek diametri 114x6 mm va uzunligi 620 m.ga teng shleyf gaz quvuri barpo etildi. Quduq “To‘maris” konidagi mavjud gaz to‘plash shoxobchasiga ulangan.
Ko‘rsatib o‘tilgan quduqlarning ishga tushirilishi O‘zbekiston Respublikasining gaz-transport tizimiga tabiiy gaz uzatilishini ko‘paytirish imkonini beradi.
Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar “2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish doirasida olib borilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024