Jahon | 23:32 / 21.03.2020
21448
2 daqiqa o‘qiladi

«Biz haqiqiy ahmoqlarmiz»: Simon Furkad karantinga rioya qilmayotgan fransuzlarni tanqid qildi

O‘tgan yili faoliyatini yakunlagan fransiyalik biatlonchi Simon Furkad karantinga rioya qilmayotgan fransuzlarni tanqid qildi.

Foto: REUTERS/Gonzalo Fuentes

«Men boshqa mamlakatdan qaytdim va fransuzlarning butkul mas'uliyatsizligini ko‘rdim. Qo‘shnilarimiz uylaridan chiqmayapti, ammo bir necha yuz kilometrlar odamga to‘la, hech narsa o‘zgarmagan. Biz haqiqiy ahmoqlarmiz», - deb yozdi Furkad o‘zining Twitter akkauntida.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Fransiyada koronavirusdan o‘lim holatlari 450ga yetgan, 12 mingdan ortiq kishi kasallikka chalingan.

Mamlakatda 5 226 kishi karantinga joylashtirilgan. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 60 yoshni tashkil etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid