Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmat Otabekov: Italiyadagi vaziyat og‘irlashishiga sabab o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rilmaganidir
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ko‘rilayotgan choralar sababini bildirdi.
– Ma'lumki ertadan boshlab poytaxtda jamoat transporti harakati vaqtincha cheklandi. Buning o‘ziga yarasha sababi bor va buni to‘g‘ri tushunishimiz kerak. Italiyadagi vaziyat og‘irlashishiga, ko‘pchilik vafot etishiga jamoat transporti o‘z vaqtida to‘xtatilmagani, zudlik bilan zarur choralar ko‘rilmagani sabab bo‘lgan. Biz qabul qilayotgan choralar vaziyat murakkablashishining oldini olishdan iborat.
Yana bir bor eslatib o‘taman, yolg‘on, asossiz axborot tarqatishdan tiyilaylik, buning uchun javobgarlik bor – dedi maxsus tashkillashtirilgan brifing chog‘ida Nurmat Otabekov.
Mavzuga oid
10:10
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026
Italiya hukumati Sitsiliya mafiyasining millionlab yevro aktivlarini musodara qildi
08:53 / 19.05.2026