Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DSQning Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi modernizatsiya qilinadi - Hukumat qarori loyihasi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq ma'murchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish mo‘ljallanmoqda
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq ma'murchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va yagona platformasini yaratish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Qayd etilishicha, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan:
Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda ma'lumotlarni qayta ishlash markazining bugungi kundagi holati auditdan o‘tkazilgan;
Moliya vazirligi bilan birgalikda ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish uchun Jahon bankining imtiyozli kreditlarini jalb etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilgan.
Quyidagilar:
Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq ma'murchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi;
Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish hamda soliq ma'murchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruhi tarkibi tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazini modernizatsiya qilish va soliq ma'murchiligida zamonaviy axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha loyiha doirasida:
a) Davlat soliq qo‘mitasi – buyurtmachi etib belgilanadi;
b) xarid qilinadigan hisoblash texnikalari, uskunalar, dasturiy ta'minot va xizmatlarni yetkazib beruvchilar chet el tashkilotlarining tartib-taomillarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tender (tanlov) savdolari natijasida aniqlanadi;
v) moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
Davlat budjeti mablag‘lari;
Jahon banki tomonidan ajratiladigan imtiyozli kredit mablag‘lari.
Belgilab qo‘yilishicha, loyiha doirasida sarflanadigan mablag‘larning yakuniy miqdorlari tender savdolarining natijalariga qarab aniqlashtiriladi.
Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda xorijdan mablag‘ jalb qilish masalalari yuzasidan Jahon banki bilan muzokaralar o‘tkazadi.
Ishchi guruhiga (B.Musayev):
Idoralararo komissiyaga tender (tanlov) savdolarini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni puxta va tegishli hisob – kitoblar bilan asoslangan holda tayyorlash;
loyihani amalga oshirishda, shu jumladan tender hujjatlarini ishlab chiqishda xorijiy maslahatchilarni shartnoma asosida jalb qilish;
chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va ushbu loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnik topshiriq va texnik iqtisodiy asoslarni ko‘rib chiqishda Jahon banki ekspertlari va Rossiya Federal soliq xizmati mutaxassislarining tavsiyalarini inobatga olish;
vazifalarni tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro muvofiqlashtirish hamda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha mas'ul ijrochilarning har yarim yillikda hisoboti eshitilishini yo‘lga qo‘yish;
ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri va samarali ishlatilishini ta'minlash vazifalari yuklatiladi.
Davlat soliq qo‘mitasining Ma'lumotlarni qayta ishlash markazining asosiy serverlarini Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining binosida, zaxira serverlarini davlat soliq xizmatining hududiy organlari ma'muriy binolarida, mavjud binolarni takomillashtirgan holda, xalqaro standartlar asosida joylashtirilishi ta'minlanadi.
Mavzuga oid
14:03 / 27.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i ishdan olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:35 / 07.01.2026
Tadbirkorlarga soliq hisobotini vaqtida topshirmaganlik uchun jarima miqdori kamaytirildi
08:27 / 03.01.2026
Xitoyda oila siyosatida o‘zgarish: ayrim mahsulotlar uchun soliq qayta tiklandi
18:12 / 01.01.2026