Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p qavatli xonadonlarda issiq suvni vaqtinchalik o‘chirish karantin tufayli qoldirildi
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi O‘zbekistonga koronavirus kirib kelishi munosabati bilan joriy etilgan karantin sharoitida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdi. Vazirlik matbuot xizmati rahbari Aliposha Axmedov ko‘p qavatli xonadonlarga ko‘rsatilayotgan klmmunal xizmatlar haqida gapirdi.
«Ko‘p kvartirali uylarda mavsumiy reglament ishlarni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan issiq suvning vaqtinchalik o‘chirish tadbirlari karantin yakunlanguncha qoldirildi. Joylarda uy-joy mulkdorlari shirkatlari (UJMSh)lar tomonidan davlat sanitariya epidemiologiya nazorat (DSEN) markazlari bilan hamkorlikda ko‘p kvartirali uylarning umumiy foydalanish joylari (kirish yo‘laklari, bolalar o‘yingohlari, zinapoya, tutqichlar, eshik, yerto‘la) belgilangan sanitariya me'yorlari bo‘yicha dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.
Karantin holatida ommaviy tadbirlar bekor qilingani, barcha o‘quv muassasalari ta'tilga chiqqani, aholining ko‘pchiligi vaqtlarini o‘z uylarida o‘tkazayotgani o‘z-o‘zidan ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyoj oshishiga olib keladi.
Ushbu vaziyatni e'tiborga olgan holda barcha suv ta'minoti korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi.
Karantin sharoitida kommunal xizmatlar ko‘rsatish, xususan ichimlik suv va issiqlik ta'minoti masalalari bo‘yicha aholidan tushgan murojaatlarni qabul qilish va yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishni ta'minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari hamda Suv ta'minoti va issiqlik ta'minoti korxonalarida maxsus navbatchilik tashkil etilgan. Aholi murojaatlari qisqa 1184 raqami orqali qabul qilinadi», deya Axmedovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
14:46 / 13.06.2026
Issiqlik ta’minotida avans evaziga eski tarifning saqlanib qolish muddati 2 oyga tushirildi
20:49 / 29.05.2026
Rossiya O‘zbekistonning 10 ta korxonasiga sabzavot va mevalarni olib kirishni taqiqladi
08:45 / 20.05.2026
O‘simliklar karantini agentligi direktori yangi vazifaga o‘tdi
19:09 / 11.05.2026