Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p qavatli xonadonlarga yetkazilayotgan ichimlik suvi 45 xil sifat nazoratidan o‘tkazilyapti - vazirlik

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi maxsus shtabida tashkil etilgan brifingda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi mutasaddilari karantin davrida aholiga uzluksiz suv ta'minotini yetkazib berish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berdi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari Sohib Saifnazarov ko‘p qavatli xonadonlarga yetkazib berilayotgan ichimlik suvi sifat nazorati bo‘yicha berilgan savolga javob berdi.
«Suv ta'minot korxonalari tomonidan me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq ichimlik suvning sifati O`zDst 950:2011 «Ichimlik suv. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish» standartiga asosan monitoringi har kuni markaziy va obekt laboratoriyalari bazasida o‘tkazilmoqda.
Standart bo‘yicha mikrobiologik, va kimyoviy ko‘rsatkichlar tahlillari 45ta ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib borilyapti. Suv ta'minoti korhonalarining markaziy laboratoriyalari suvlarni sifatini nazorat qilish bo‘yicha sanitariya-epidemiologiya idoralari bilan kelishilgan ish rejasiga ega.
Suv ta'minoti qorxonalari aholini epidemiologik jihatdan xavfsiz, kimyoviy tarkibda zararsiz va qulay organoleptik xususiyatlarga ega sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlash ishlari olib borilmoqda, jumladan, suv ta'minoti korxonalari kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazilgan. Respublikadagi 45ta suv tozalash, 10578ta suv olish, 477ta guruhli suv olish, mingdan ortiq suv taqsimlash inshootlarida ichimlik suvi zararsizlantirish uskunalari bilan xlor yoki ultrofiolet nurlari bilan zararsizlantirilyapti.
16ta ichimlik suv bilan ta'minlaydigan korxonalarning laboratoriyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, 48ta obektda kuzatuv laboratoriyalari ishlamoqda. Respublika bo‘yicha ichimlik suvi namunalarini oladigan 196 mingta nazorat qiladigan shoxobchalar tashkil etilgan. Suv sifati standartga javob bermasa, o‘sha suv tarmog‘ida ekspluatatsiya guruhi yordamida profilaktika ishlari o‘tkaziladi va ishlar tugashi bilan laboratoriyada qaytadan suv namunasi olinib tahlil o‘tkaziladi. Suv tarmoqlarida profilaktika ishlari olib borilayotganda aholiga ichimlik suvini maxsus avtotransportda (avtovodovoz) yetkazib berish ishlari tashkil qilinadi», dedi Sayifnazarov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeI kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiya paketini qabul qila olmadi
Jahon | 09:51
-
Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston | 09:37
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
Mavzuga oid

18:51 / 11.06.2025
Qog‘ozda hammasi yaxshi, amalda-chi? Ichimlik suvi ta’minotida keng ko‘lamli kamchiliklar aniqlandi

20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi

20:39 / 01.05.2025
Quvurlardan kelayotgan suv ichishga yaroqli ekani aytildi

19:20 / 25.04.2025