“Yuksaliş” harakati 2024 yil yakuni böyiça aholini toza içimlik suvi va oqova suv bilan ta’minlaş böyiça belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatçilik monitoringini ötkazdi.
Prezident farmoniga köra, ötgan yili budjetdan ajratiladigan 1,3 trln söm hisobidan 79 ta loyiha doirasida 200 dan ortiq mahallada 1,1 ming km tarmoq va 64 ta inşoot quriş, aholining markazlaşgan içimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 81 foizga yetkaziş, 1,3 mln nafar aholini toza içimlik suv bilan ta’minlaş, 3 mln nafar aholining içimlik suv ta’minotini yaxşilaş belgilangan.
“Yuksaliş” ötkazgan monitoring doirasida respublika böylab 101 ta mahallada davlat budjeti, mahalliy budjetlar va xalqaro moliya institutlari mablağlari hisobidan amalga oşirilişi belgilangan 99 ta loyiha tanlov yöli bilan örganilib, içimlik suvi va oqova suv tizimi bilan ta’minlanişi böyiça aholi fikri örganilgan.
Aniqlanişiça:
- rasmiy hisobotlarda töliq bajarilib, foydalanişga topşirilgan deb körsatilgan 23 ta loyiha doirasida quriliş, rekonstrutsiya qiliş va ta’mirlaş işlari yakuniga yetkazilmagan;
- 28 ta loyiha böyiça obektlar belgilangan muddatda foydalanişga topşirilmagan;
- 15 ta mahallada işlar yakunlangan bölişiga qaramay, ta’minot töliq yölga qöyilmagan;
- 9 ta loyiha böyiça işlar sifatsiz bajarilgan.
Hujjatda “bitirilgan”, amalda esa çala
“Özsuvta’minot” AJ monitoring doirasida örganilgan 99 ta obektdan 67 tasida içimlik suvi va oqova suv inşootlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta’mirlaş hamda tarmoq tortiş işlari töliq bajarilib, foydalanişga topşirilgan va qolgan 32 ta loyiha böyiça quriliş-ta’mirlaş işlari davom ettirilayotgani haqida rasmiy ma’lumot bergan.
Biroq, örganişlar davomida foydalanişga topşirilgan deb körsatilgan 67 ta loyihaning 23 tasida loyihalar doirasida bajarilişi belgilangan işlar töliq amalga oşirilmagani aniqlandi.
Misol uçun, Asaka tumani “Ergaşobod”, “Olaqanot” MFYda, Şahrixon tumanidagi “Boboçek” MFYda quriliş işlari oxiriga yetkazilmay qolib ketgan.
Vaqtida bajarilmagan yoki çala bajarilgan













