Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Islandiyada koronavirusning ikkita shtammini yuqtirib olgan bemor aniqlandi
Islandiyadagi bemorlardan biri yangi koronavirusning 2ta shtammini yuqtirib olgan, deb xabar beradi Reykjavík Grapevine jurnali deCODE genetics biofarmatsevtika kompaniyasi rahbari Kari Stefanssonga tayangan holda.
Ikkinchi shtamm — bu Xitoyning Uxan shahrida tarqalgan ilk koronavirusning mutatsiyasidir. Mutaxassis fikriga ko‘ra, gap birinchi marta koronavirusni qo‘shaloq yuqtirish holati haqida ketyapti.
Taxminga ko‘ra, mutatsiyalashgan shtamm yanada tajovuzkor bo‘lishi mumkin, chunki bemor o‘zi bilan aloqada bo‘lgan insonlarni aynan shu virus bilan zararlagan.
Ma'lumotlarning xalqaro bazasiga ko‘ra, koronavirusning bunday turi Islandiyadan tashqarida aniqlanmagan.
24 mart holatiga Islandiyada koronavirus keltirib chiqaradigan COVID-19 xastaligiga chalingan 588 bemor aniqlangan. Ulardan 1 nafari – keksa ayol vafot etgan.
Mavzuga oid
21:07 / 28.05.2026
Shveytsariya eng qimmat mamlakat maqomini boshqa davlatga boy berdi
21:50 / 21.10.2025
Islandiyada birinchi marta qon so‘ruvchi chivinlar topildi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
15:47 / 06.08.2025