Fan-texnika | 21:13 / 24.03.2020
45423
5 daqiqa o‘qiladi

Ucell maktab o‘quvchilarining megabayt berish iltimosini befarq qoldirmadi

Foto: Ucell

Karantin sharoitida mamlakat aholisi masofadan turib ishlash va o‘qishni davom ettirmoqda, shu bilan birga, internet resurslariga ehtiyoj bir necha bor oshdi. Ucell ko‘plab ta'lim va tibbiy saytlarga bepul kirish imkoniyatini ochdi. Bundan tashqari, raqobatdosh narxlarda bir qator yangi tariflar va xizmat paketlari joriy etildi.

Kun.uz veb-saytining yosh o‘quvchilari mamlakatning uyali aloqa operatorlariga ularga megabaytni qo‘shib berish iltimosi bilan murojaat qilishdi. Bu juda yaxshi fikr.

Abonentlarning istaklariga binoan, aloqa uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, barcha abonentlar shu hafta oxirida bepul megabayt va daqiqalarni ulash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ucell kompaniyasi yanada olg‘a bordi. Maktab o‘quvchilari, qanday sharoitda bo‘lishidan qat'i nazar, Xalq ta'limi vazirligi va Maktabgacha ta'lim vazirligi ko‘magida ta'lim muassasalari tomonidan tayyorlangan video darslardan foydalanishlari uchun 9 mart kuni quyidagi ta'lim Internet manbalariga tarifsiz kirish imkoniyati ochildi:

Bundan tashqari, 19 martdan boshlab quyidagi ta'lim va tibbiy saytlarga cheksiz kirish imkoniyati yaratildi:

Shuningdek, coronavirus.uz​ veb-saytiga trafikni hisobga olmagan holda kirish ochib qo‘yilgan bo‘lib, unda siz O‘zbekistonda koronavirus va uning tarqalishining oldini olish bo‘yicha obektiv va haqqoniy ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Hozirda so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish va doimo aloqada qolish juda muhim. Shu boisdan, Ucell mobil operatori maksimal qulay aloqa uchun bir qator xizmatlarni tayyorladi.

2020 yil 3 martdan 31 martgacha - Special va Active tarif liniyalari abonentlari uchun «Internet-sovg‘a» xizmati 50% chegirma bilan taqdim etiladi. Bu hali hammasi emas. 2020 yil aprel oyidan boshlab Special va Active tariflarda ko‘proq daqiqa, megabayt va gigabaytlar bo‘ladi, narxlar esa o‘zgarmaydi.

Ucell kompaniyasi o‘z abonentlariga yana bir taklifni taqdim etdi. 13.03.2020 dan 31.03 2020 gacha «Navro‘z 2020» xizmatiga ulanib, abonentlar 2020 SMS-xabarlar, O‘zbekiston bo‘yicha 2020 daqiqaga ega bo‘lishadi va uch kun davomida 2020 MB internetni 2020 so‘m evaziga sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur aksiyaning ommabopligi sabab uni 2020 yil may oyining oxirigacha uzaytirish rejalashtirilgan.

Internetda nafaqat ish va o‘qish, balki muzeylar, konsertlar, operalar va hatto hayvonot bog‘lariga ham onlayn tashrif buyurish imkoniyati paydo bo‘ldi. Karantin paytida bo‘sh vaqtni samarali va foydali o‘tkazish uchun yangi COSMO tarif rejalari ishga tushirildi. Oylik to‘lovi 16 mingdan 28 ming so‘mgacha bo‘lgan tarifda qo‘ng‘iroqlar va Internet, YouTubedagi trafik, ijtimoiy tarmoqlar va tezkor xabarlar, shuningdek qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, atigi 22 ming so‘mga cheksiz «Uchar Internet» tarifi ham ishga tushirildi.

Biz Ucell tomonidan joriy etilgan zamonaviy texnologiyalar yordamida hayotning eng yaxshi sifati hamma joyda va hamma uchun foydali bo‘lishini ta'minlashga intilamiz va har qanday vaziyatda ham yordam berishga tayyormiz. Dunyo oila bilan vaqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi. Va nihoyat, har doim yetarli vaqt bo‘lmagan narsalarga ulgurish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va sog‘liq qayg‘urish imkoniyati tug‘ildi. Siz nima deb o‘ylaysiz?

«COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi)

Mavzuga oid