Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Moskvadan Toshkentga charter qatnovini amalga oshiradi
Charter qatnovga avvalo O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi xodimlari tomonidan tuzilgan ro‘yxatlarga muvofiq navbat bo‘yicha turgan yo‘lovchilar chaqiriladi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugun, 24 mart kuni Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovlari amalga oshirilishini ma'lum qildi.
Ular:
HY613 Toshkent - Moskva (Vnukovo aeroporti) — mahalliy vaqt bilan soat 13:05da ketish;
HY614 Moskva (Vnukovo aeroporti) - Toshkent — mahalliy vaqt bilan 16:45da ketish.
Bildirilishicha, ushbu qatnovlar Rossiya tomoni bilan kelishilgan holda favqulodda tashkil etilgan.
Charter qatnovga avvalo O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi xodimlari tomonidan tuzilgan ro‘yxatlarga muvofiq navbat bo‘yicha turgan yo‘lovchilar chaqiriladi.
“Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini vataniga qaytarish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Sizning tushunishingizga umid qilamiz va bizni qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun minnatdormiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
23:09 / 21.05.2026