Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karantin qoidalarini buzgan 87 kishi ma'muriy javobgarlikka tortildi
Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev koronavirus tarqalishi oldini olishning eng muhim sharti bu – karantin qoidalariga qat'iy va so‘zsiz rioya etish ekani, lekin ayrim fuqarolar belgilangan cheklovlarga qaramasdan o‘zboshimchalik bilan o‘zi va yaqinlari sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishayotgani, shuningdek, karantin tadbirlarining samarasiga ham putur yetkazayotgani haqida gapirdi.
25 mart kuni AOKA shtabida tashkil etilgan brifingda Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev karantin qoidalarini buzgan fuqarolar haqida ma'lumot berdi.
«15 martdan shu kunga qadar karantinda bo‘lish qoidalarini buzgan 90 nafar fuqaro aniqlanib, 87 nafari ma'muriy javobgarlikka tortildi. 3 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Avval xabar berilganidek, karantinda bo‘lish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun Shofirkon tumanida yashovchi 30 yoshli Ravshanov, Parkent tumanida yashovchi 66 yoshli Eshov va Denov tumanida yashovchi 31 yoshli Ashurovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 257-prim moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bu shaxslarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoq tanlangan. Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishlariing tergovi ustidan alohida nazorat o‘rnatilgan», dedi Erkin Yo‘ldoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026