«Televizion darslarni parallel ravişda internet tarmoğida vazirlikning rasmiy veb-saytida, kundalik.com hamda onlayn maktab elektron portali orqali kuzatib borişga imkon yaratiladi. Öqituvçilar Kundalik.com orqali öquvçilarning videodarslar orqali bilim olişini nazorat qilib, baholab borişadi.
Kundalik raqamli ta'lim platformasi Özbekiston maktablarida masofaviy ta'limni taşkil qiliş uçun barça zarur funksiyalarga ega. Bu öquvçilarga uyda ötirgan holda öquv jarayonini töxtatmaslik, fanlarni mustaqil ravişda örganiş va pedagog bilan masofadan turib muloqot qiliş imkonini beradi.
Pedagoglar Kundalik orqali uy vazifalarini va öquv markazi pedagogik va psixologik yordam berişlarini, ularning bilimlaridagi böşliqlarni töldirib borişlarini söraymiz. Pedagoglar Kundalik orqali uy vazifalarini va öquv materiallarini berişi, öquvçilar esa bajarilgan işlarni tekşirişga yuborişlari mumkin. Yakun böyiça öqituvçilar elektron jurnalga baho qöyadi yoki javoblar ustida yana işlaş böyiça şarhlarini qoldiradi.
Tizim hozirça faqat Toşkent şahrida yölga qöyilgani bois, qolgan hududlarda ta'til davri tugab, öquv jarayonlari boşlangan vaqtda 4-çorakda rejalaştirilgan nazorat işlari (oraliq va yakuniy) ötkaziladi. Çunki öquvçilarning öquv yilini muvaffaqiyatli yakunlaşi hamda sinfdan-sinfga köçirilişi, bitiruvçi sinf öquvçilariga esa attestat berilişi kerak böladi.
Şuningdek, barça pedagoglardan öz fanlari böyiça masofaviy tarzda – telefon, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravişda öquvçilariga pedagogik va psixologik yordam berişlarini, ularning bilimlaridagi böşliqlarni töldirib borişlarini söraymiz», deya Anvar Umarovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
U televizion darslar öquv yilining IV çoragi uçun möljallanganini aytib ötdi.
«Darslar töxtatilgan kun, ya'ni 16 martdan 20 martgaça öquv yilining uçinçi çoragi yakuniga töğri kelgani sababli, bu davrda öquv dasturiga asosan aksariyat mavzular takrorlaş yoki ötilgan mavzularni mustahkamlaşga qaratilgan. Şuning uçun, karantin rejimi tugab, darslar boşlangandan keyin aynan töxtatilgan mavzudan boşlaşga ehtiyoj qolmaydi. Çunki öquvçilar uçun tayyorlanayotgan televizion darslar orqali ana şu böşliq töldirib ketilmoqda.
Televizion darslar öquv yilining 4-çoragiga rejalaştirilgan mavzulari asosida tayyorlanmoqda. Öquvçilar televizion darslar orqali özlaştira olmagan bilimlar öquv jarayonlari boşlangan vaqtda albatta fan öqituvçilari yordamida mustahkamlanadi», deydi u.












