Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston prezidenti koronavirus bilan bog‘liq vaziyatda intizomni saqlashga chaqirdi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov koronavirus epidemiyasi ortida xalqqa murojaat qilib, joriy murakkab vaziyatda fuqarolarni intizom saqlashga chaqirdi.
“Intizomga amal qilish – ushbu murakkab kunlarda har birimizning fuqarolik burchimizdir. Bu nafaqat o‘zi, balki o‘z farzandlari, hamyurtlari va butun jamiyat sog‘lig‘i, hayoti va farovonligi uchun mas'uliyatdir”, deb aytgan Jeenbekov.
Uning ta'kidlashicha, respublikada koronavirusga qarshi, oziq-ovqat va birinchi ehtiyojdagi tovarlar taqchilligi yuzaga kelmasligi uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.
“Joriy murakkab iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib, hukumat tomonidan kichik va o‘rta biznesning alohida sharoitlarda ishlashi algoritmi ishlab chiqiladi. Zudlik bilan inqirozga qarshi kompleks rejani qabul qilish lozim. Birinchi ehtiyojdagi tovarlar yetkazib beruvchilarga “yashil yo‘lak”ni ta'minlash kerak”, deb ta'kidlab o‘tgan Jeenbekov.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar 44 nafarni tashkil qilmoqda. Respublikada epidemiya sababli favqulodda vaziyat rejimi joriy qilingan. Shuningdek, bir qator shaharlarda, jumladan poytaxt Bishkekda favqulodda holat rejimi kiritilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026