Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni koronavirusga qarshi komendantlik soatini kuchaytirdi
Saudiya Arabistoni koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan komendantlik soati shartlarini kuchaytirdi.
SPA agentligi xabariga ko‘ra, 25 martdan boshlab, Ar-Riyod, Makka va Madina shaharlariga kirish/chiqish taqiqlandi, viloyatlar orasidagi qatnovlar to‘liq to‘xtatildi.
Shuningdek, qirol Salmon tomonidan ma'qullangan va 23 mart kunidan boshlab joriy qilingan komendantlik soati uzaytirildi. Endi yuqorida nomi tilga olingan shaharlarda soat 15.00 dan (avval 19.00 edi) ertalabki 6.00 gacha uydan chiqish taqiqlanadi.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BST) ma'lumotiga ko‘ra, 25 mart holatiga Saudiya Arabistonida koronavirus yuqtirib olganlar soni 900tani, vafot etganlar soni 2tani, sog‘ayib ketganlar soni 29tani tashkil qiladi.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026