JSST rahbari koronavirusga qarshi keskin choralar ko‘rishga chaqirdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreysus Jyenevadagi brifingda koronavirus ustidan to‘liq g‘alabaga erishishga kelgusida epidemiyaning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir qator chora-tadbirlar zarurligini aytdi.
Gebreysusning ta'kidlashicha, fuqarolarning o‘zini izolyatsiya qilishi va harakatlanishga cheklovlarning o‘zigina koronavirus pandemiyasini batamom bartaraf etishga yordam bermaydi. Bunday choralar kasallikning tarqalishida vaqt yutishga imkon beradi, biroq odamlar hayotini saqlab qolish uchun bu yetarli hisoblanmaydi.
“Siz bu bilan imkoniyatlar uchun darcha yaratasiz. Biroq masala, siz undan qanday foydalana olishingizdadir”, deb aytgan JSST rahbari.
Uning ta'kidlashicha, virusga qarshi kurashda g‘alabaga erishish uchun 6 ta usul mavjud. Birinchi navbatda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va kasallar bilan ishlashga tayyor tibbiy xodimlarni tayyorlash lozim. Shuningdek, barcha kasallanganlarni aniqlab, koronavirusga testlar sonini ko‘paytirish zarur.
Gebreysus, shuningdek, bemorlarni qabul qilish uchun qo‘shimcha shifoxonalar tayyorlash, kasallanganlar muloqotda bo‘lgan barcha kishilarni aniqlash va koronavirusga qarshi kurashga barcha kuchlarni tashlash zarurligini aytgan.
“Kasallarni topish, izolyatsiya qilish, testlash, davolash, kuzatish bo‘yicha qat'iy choralar ekstremal ijtimoiy va iqtisodiy cheklovlardan chiqishning nafaqat tez va eng yaxshi usuli, balki ularni bartaraf etishning eng yaxshi usuli hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Gebreysus.
“Bu choralar nafaqat virus tarqalishi oldini olishga, balki barcha taqiqlovlar bekor qilingach, epidemiyaning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deb qo‘shimcha qilgan JSST rahbari.
Uning aytishicha, 150 dan ko‘proq davlatda hanuzgacha kasallanish holatlari 100tadan ortmagan.
“Agar ular bunday keskin choralarni ko‘rsalar, virus tarqalishi oldini olishga va boshqa davlatlardagi kabi keskin ijtimoiy va iqtisodiy yo‘qotishlardan qochish imkoniga ega bo‘ladilar”, deb ishonch bildirgan Gebreyyesus.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024