Kasallik yuqtirganlarning kasbi va millatiga qiziqish kerak emas – Nurmat Otabekov
Sanitiraya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan bemorlar haqida turli ma'lumotlar tarqatmaslikka chaqirdi.
«Kasallikka chalinganlarning kasbi, yoshi va millati bilan bog‘liq ma'lumotlar odamlarni qiziqtirishi kerak emas.
Biz mamlakatga kasallikning bevosita epidemik noxush hududlardan kirib kelganiga guvoh bo‘ldik. Shuning uchun bu vaziyatda qaysi toifadagi shaxslar virus yuqtirgani haqidagi ma'lumotlarni tarqatishni bir chetga surib, faqat bemorlarni davolashga urg‘u berishimiz kerak», deya qayd etdi Nurmat Otabekov AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda.
Brifingda karantin davrida davolash-profilaktika muassasalar faoliyatini tekshirish to‘g‘riligi haqida qayd etib o‘tdi.
«Karantin va cheklov tadbirlari davolash-profilaktika markazlarida, sihatgohlarda va profilaktoriylarda tashkil qilinmoqda», - deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Uning qayd etishicha, koronavirus infeksiyasi shifoxona ichi infeksiyasi tarzida ham tarqalishi mumkin.
Shuning uchun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar davolanayotgan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar karantinda ushlab turilgan davolash-profilaktika muassasalari, profilaktoriylar, sanatoriylar va boshqa karantin-cheklov tadbirlari uchun mo‘ljallab tashkil etilgan muassasalar – izoyatorlarda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, Nurmat Otabekov virusning asosiy guruhi borligini va ularning har birida alohida klinik belgilar namoyon bo‘lishi haqida ham ma'lumot berdi.
«Epidemiya boshlangan kundan bugungi kunga qadar mazkur virusning 1111 genomlari o‘rganilgan va ular 5ta katta guruhlarga bo‘lingan. Mazkur guruhlarning har birining o‘ziga xos klinik belgilari mavjudligi ham isbotlangan», deya ma'lumot berdi Nurmat Otabekov.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
18:11 / 13.12.2023