Sanepidqöm raisi birinçi örinbosari Nurmat Otabekovning aytişiça, hozirgi vaqtda mamlakatda hantavirus bilan boğliq xavotirli holat kuzatilmayapti.
Mutaxassislar ta’kidlaşiça, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma’lumotlariga köra, hantavirus koronavirus kabi tez tarqaliş xususiyatiga ega emas va global pandemiyaga sabab bölişi ehtimoli past.
Qayd etilişiça, hantavirusning dunyoda 20 dan ortiq turi mavjud bölib, ularning faqat ayrimlari insonlarda kasallik keltirib çiqaradi. Infeksiya asosan Lotin Amerikasi davlatlari — Argentina, Çili va Braziliyada köproq uçraydi. Osiyo va Yevropa mamlakatlarida esa ança kam holatlar qayd etilgan.
Şu bilan birga, aholiga profilaktik çoralarga amal qiliş tavsiya etilmoqda. Xususan:
- şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş;
- yaşaş va iş joylarini ozoda saqlaş;
- oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz şaroitda saqlaş;
- meva va sabzavotlarni yaxşilab yuviş;
- kemiruvçilar çiqindilarini tozalaşdan oldin namlaş;
- omborxona va yopiq xonalarni muntazam şamollatib turiş.
Şuningdek, endemik hududlarga borib kelgan fuqarolarga bu haqda hududiy oilaviy poliklinikalarga xabar beriş tavsiya qilingan.

















