Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy maktab karantin davri uchun ham pul talab qilishi to‘g‘rimi?
AOKAda tashkil etilgan brifingda xususiy maktablarda to‘lov qabul qilinishi, o‘qituvchilarga oylik to‘lanishi masalasiga izoh berildi.

«Nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim olganlik uchun badal to‘lovi ta'lim oluvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar hamda ta'lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
To‘lov masalasidagi nizolar mazkur shartnoma shartlaridan kelib chiqib hal etiladi. Badal to‘lovi ta'lim oluvchining o‘qishiga mutanosib ravishda to‘langani sababli hozirgi kunda koronavirus pandemiyasining tarqalishi tufayli nodavlat ta'lim tashkilotlarida ta'lim jarayoni to‘xtatilgani uchun to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risidagi nodavlat umumta'lim tashkilotining talabi maqsadga muvofiq emas», deya Ta'lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimovaning so‘zlarini keltirmoqda muxbiri.
Shuningdek, xususiy maktab o‘qituvchilariga karantin davrida oylik maosh tayinlanishi masalasiga ham oydinlik kiritildi. Unga ko‘ra, nodavlat ta'lim tashkilotlarida bunday masalalar ta'sischi tomonidan hal qilinadi. Bundan tashqari, ta'lim tashkiloti va pedagog xodim o‘rtasida tuzilgan shartnomada fors-major holatlarida, xususan karantin davrida qanday harakatlanish ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Agar shartnomada bunday holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, karantin davrida ta'lim jarayoni to‘xtatilgani va ta'lim oluvchilarga ta'til berilganini inobatga olib, tomonlar o‘zaro kelishib olishlari lozim.
Chunki pedagog xodimga to‘lanadigan pul mablag‘lari ta'lim oluvchilar tomonidan shartnoma asosida to‘lanadigan badal to‘lovlari hisobidan shakllantiriladi. Bunday vaziyatlarda agar ta'sischining to‘lov qobiliyati bo‘lmasa, mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan pedagog xodimga ish haqi saqlanmagan holda ta'til berish, agar xodim fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida ishlayotgan bo‘lsa, shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish orqali masalani hal etish maqsadga muvofiq.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

18:37 / 20.06.2025
O‘zbekistonda 500 ming gektardan ziyod hududda chigirtka tarqalgani aniqlandi

18:34 / 28.05.2025
“Ta’limga kirayotganimda jamiyatning bunaqa og‘ir ahvoldaligini bilmagandim” – xususiy ta’lim haqida

20:49 / 15.03.2025
O‘zbekistonda xususiy maktablardagi o‘quvchilar soni 100 mingdan oshdi

15:15 / 02.03.2025