Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputat karantin davrida piyodalarning erkin harakatlanishini cheklashni taklif qildi
Deputat Bobur Bekmurodov karantin davrida avtomobillarning, lozim bo‘lsa, piyodalarning erkin harakatlanishini cheklashga chaqirmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Foto: KUN.UZ
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a'zosi Covid-19 pandemiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralarga qaramasdan, jamiyatning sezilarli qismi karantin qoidalariga o‘ta mas'uliyatsizlik bilan qarayotganini tanqid qildi. U avtomobillarning, lozim bo‘lsa, piyodalarning erkin harakatlanishini cheklash bo‘yicha qaror qabul qilinishi kerak, deb hisoblaydi.
«Ko‘chada niqobsiz yurgan odamlar, yo‘llardagi avtomobillarning hali-hanuz ko‘pligi, shuningdek, jamiyatimizda karantinda yashash madaniyati shakllanmaganini inobatga olib, talablarni yanada kuchaytirishga jiddiy ehtiyoj borligidan dalolat bermoqda», - fikrini dalillagan u.
Deputatning ta'kidicha, faqatgina istisno hollarda ko‘chaga chiqishiga ruxsat berilishi (do‘kon va dorixonaga chiqish, keksalar va kambag‘allarga xayriya bilan mashg‘ul ko‘ngillilar ishi, uy hayvonlarini sayr qildirish va boshqa maxsus sabablar) kerak.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, bir sutkada Italiyada 712 kishi, Ispaniyada 718 kishi koronavirus tufayli vafot etdi. Virus tarqalishi o‘ta tezlashdi – uch kunda dunyo bo‘yicha 107 mingta yangi zararlanish holati qayd etildi.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026