Jahon | 19:03 / 27.03.2020
5893
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada Merapi vulqoni uyg‘ondi

27 mart kuni ertalab Indoneziyaning Yava orolidagi Merapi vulqoni uyg‘ondi.  

Videodan kadr

Jokyakarta shahridan 30 km uzoqlikda joylashgan vulqonning otilishi 7 daqiqa davom etdi. Natijada kul va tutundan iborat juda katta massa 5 km balandlikka ko‘tarilgan. 

Indoneziyaning Geologik ofatlarni tadqiqot qilish markazi vulqon krateridan 3 km radiusda odamlarning yashashi va harakatlanishini cheklagan.

Merapi – Indoneziyaning eng faol vulqonlaridan biri hisoblanadi. Unda har 2 yilda mayda, har 7 yilda yirik otilishlar kuzatiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid