Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda ikki kishida virus aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 5 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi. Xorazm viloyatida ham ikki kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
«Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 5taga oshib, 88 nafarni tashkil etmoqda.
Ushbu infeksiyani yuqtirib olganlarning 2 nafari Farg‘ona viloyatida, yana 2 nafari Xorazmda va bir nafari Toshkent shahrida qayd qilingani tasdiqlandi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy kanali xabarida.
Bungacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona shahrida (6 kishi), Namangan shahrida (5 kishi), Andijon shahrida (3 kishi) va Buxoro shahrida (3 kishi) virus tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi.
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni e'lon qilingandi, 27 mart kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor miokard infarktidan vafot etdi.
Mavzuga oid
16:58 / 22.05.2026
Xorazm viloyatining ikki tumanida hokim o‘zgardi
08:33 / 19.05.2026
Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
11:11 / 15.04.2026
Foto: Qoraqalpog‘iston va Xorazmdagi kuchli shamol oqibatlari
10:47 / 27.02.2026