Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 apreldan «Bolajon» telekanalida bog‘cha bolalari uchun qiziqarli mashg‘ulotlar efirga uzatiladi – vazirlik
Maktabgacha ta'lim vaziri matbuot kotibi Dilafro‘z Ikromovaning aytishicha, 1 apreldan “Bolajon” kanalida 3-5 yoshli bolalar uchun “Ilk qadam” hamda 6 yoshli bolalar uchun “Aqlvoy” deb nomlangan qiziqarli mashg‘ulotlar dasturi efirga uzatiladi
U bu haqda 28 mart kuni AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
“Maktabgacha ta'lim vazirligi ayni kunlarda Milliy teleradiokompaniyaning “Bolajon” telekanali bilan hamkorlikda yangi onlayn bog‘cha loyihasi ustida ish olib bormoqda. Mazkur loyiha asosida joriy yilning 1 aprelidan boshlab 3-5 yoshli bolajonlar uchun “Ilk qadam” va 6 yoshli bolalar uchun “Aqlvoy” deb nomlangan qiziqarli mashg‘ulotlar dasturi efirga uzatiladi.
Shuningdek, bu ko‘rsatuvlar onlayn tarzda Maktabgacha ta'lim vazirligining rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtiriladi. Endilikda ota onalardan bog‘chadagi metodik mashg‘ulotlarni farzandlariga uydan chiqmasdan birgalikda uzluksiz tarzda shug‘ullanishlari so‘raladi”, deya Dilafro‘z Ikromovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Maktabgacha ta'lim vaziri matbuot kotibining qayd etishicha, “Ilk qadam” va “Aqlvoy” loyihalari ingliz tili va mental arifmetika bo‘yicha mahorat darslari, sport hamda “Mohir qo‘llar” to‘garagi mashg‘ulotlari, logoped mashqlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, hozirgacha oltmishga yaqin mashg‘ulotlar kontentining tasvirga olish ishlari yakunlangan.
Avvalroq, Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin karantin davrida bog‘chalarning tarbiyalanuvchilar uchun televideniye orqali masofaviy mashg‘ulotlar namoyish etilishi haqida aytgan edi.
Mavzuga oid
16:51 / 30.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarga yotqizilgan bolalarning deyarli barchasi uyga qaytdi
13:53 / 29.09.2025
Toshkent viloyatida shifoxonalarda davolanayotgan bolalar soni 38 nafarni tashkil etmoqda
15:15 / 27.09.2025
Bog‘cha bolalarining zaharlangani yuzasidan 7 kishi qamoqqa olindi
09:33 / 25.09.2025