Prezidentning “Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni körib çiqiş tartibini belgilaş töğrisida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.
Quyidagilar:
Özbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan boğliq masalalarni körib çiqiş tartibi töğrisidagi Nizom;
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi töğrisidagi Nizom tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölinmalariga qöşimça 16 ta ştat birliklari ajratiladi.
Özbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini körib çiqiş tartibi töğrisidagi nizomga köra, Özbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan ariza va iltimosnomalar:
a) Özbekiston Respublikasida doimiy yaşovçi şaxs tomonidan – hududiy içki işlar organiga;
b) Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida yaşovçi şaxs tomonidan – Özbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bölimlari yoki konsullik muassasalariga topşiriladi.
Özbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalaştirilgan tartibda qabul qiliş haqidagi iltimosnoma şaxsning Özbekiston Respublikasida vaqtinça qayddan ötgan hududiy içki işlar organiga topşirilişi mumkin.
Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qiliş, tiklaş va undan çiqiş haqidagi iltimosnoma hamda Özbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan oliş haqida ariza ikki nusxada töldiriladi.
Ariza yoki iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar ikki nusxada taqdim etiladi, ularning bir nusxasi hududiy içki işlar organida hujjat qabul qilingan vaqtdan boşlab yöq qilingunga qadar saqlanadi.
Ariza, iltimosnoma va sörovnoma qölda yoki texnik vositalarni qöllagan holda töldiriladi. Ularni töldirişda qisqartirma yoki abbreviatura qöllaşga yöl qöyilmaydi.
Sörovnomadagi javoblar töliq yoritilgan, hujjatlar matni tuşunarli va tuzatişlarsiz bölişi lozim.
Özbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari yuzasidan murojaat etgan şaxs öz şaxsi va fuqaroligini tasdiqlovçi hujjatini taqdim etişi lozim.
Şaxsi va fuqaroligini tasdiqlovçi hujjati xizmat yoki iş faoliyati yuzasidan berilgan bölsa, şuningdek diplomatik pasport taqdim etgan şaxslardan ariza va iltimosnomalar qabul qilinmaydi.
Şaxsning biografik ma'lumotlari (tuğilgan sanasi yoxud familiya, ismi yoki şarifi) özgargan taqdirda, buni tasdiqlovçi hujjatlar taqdim etiladi.
Ota-onasi yoki ulardan birining fuqaroligi özgarganda ularning iltimosnomasiga köra, ön tört yoşdan ön sakkiz yoşgaça bölgan bolaning fuqaroligi faqat uning yozma roziligi bilan özgartirilişi mumkin.
Bola imzosining haqiqiyligi “Notariat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq yoki konsullik muassasasi mas'ul xodimining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Içki işlar organi yoki konsullik muassasasi mas'ul xodimi tomonidan Özbekiston Respublikasi fuqaroligini qabul qiliş, tiklaş yoki undan çiqiş uçun murojaat qilgan ariza beruvçi öz iltimosnomasida bolasini körsatib ötgan taqdirda, “Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida” yangi tahrirdagi Qonunning 32-36 moddalari talablari bilan taniştiriladi.
Ariza beruvçi tomonidan tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma, pasport va (yoki) yaşaş guvohnomasi, nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi töğrisidagi guvohnomalarning nusxasi taqdim etiladi.
Mas'ul xodim tomonidan uşbu hujjatlarning nusxalari asli bilan soliştirilib içki işlar organi yoki konsullik muassasasining muhri bilan tasdiqlanadi, hujjatlarning asli ariza beruvçiga qaytarib beriladi.
Taqdim etiladigan hujjatlar davlat tilida tuziladi.
Davlat tilida bölmagan hujjatlar davlat tiliga tarjima qilinişi lozim. Tarjimaning töğriligi yoki tarjimon imzosining haqiqiyligi “Notariat töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni asosida tasdiqlanadi. Ariza beruvçining iltimosiga binoan rasmiylaştirilayotgan hujjat matni rus tilida bölişi mumkin.
Agar Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomasida boşqaça qoidalar belgilanmagan bölsa, xorijdagi vakolatli organlar tomonidan berilgan hujjatlar, ularni Özbekiston Respublikasida haqiqiy hisoblaş uçun legallaştirilgan bölişi lozim.
Agar hujjatlarda apostil belgisi mavjud bölsa, ularni legallaştiriş talab etilmaydi.
Ariza yoki iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar, örnatilgan tartibda rasmiylaştirilib, ariza beruvçi tomonidan taqdim etilgan paytdan e'tiboran körib çiqiş uçun qabul qilingan deb hisoblanadi.
Uzrli sabablar mavjud bölganda notarial tartibda tasdiqlangan ariza işonçli şaxslar orqali berilişi mumkin.
Ariza yoki iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar örnatilgan tartibda rasmiylaştirilmaganligi, ariza beruvçi tomonidan şak-şubhasiz yolğon ma'lumot, haqiqiy bölmagan va soxta hujjatlar taqdim etilişi, ariza va iltimosnomalarni qabul qilmaslik uçun asos hisoblanadi.
Ariza beruvçi tomonidan soxta hujjatlar taqdim qilganligi holati aniqlanganida, qonuniy qaror qabul qiliş uçun tergov organiga yuboriladi.












