O‘zbekiston | 16:14 / 29.03.2020
18202
2 daqiqa o‘qiladi

Og‘ir kasalligi bor bemorlar davolanish uchun Toshkent shahriga kirishiga ruxsat beriladi

Kechiktirib bo‘lmas kasalliklarni davolash zarur bo‘lgan hollarda bemorlarning Toshkent shahriga kirishi mumkin bo‘ladi. Davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma'lum qilishicha, ularning davolanishi uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmaydi.

«Men aniqlik kiritish maqsadida bevosita Sog‘liqni saqlash vazirligidan javob oldim. Agar bu kabi muolajalar Toshkent shahrida o‘tkazilishi shart bo‘lsa va o‘sha bemor yashab turgan hududda muolajalarni o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaydigan bo‘lsa, ular tegishli davo kursini olishlari uchun bunaqa kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarda Toshkentga kelishlariga ruxsat beriladi. Buning uchun ular o‘sha viloyatdagi Sog‘liqni saqlash boshqarmalariga murojaat qilishlari kerak», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

AOKAda tashkil etilgan brifing davomida Samarqand shahridagi travmatologiya shifoxonasida jarrohlik amaliyoti talab etilgan bemor karantin tufayli qabul qilinmagani to‘g‘risidagi savolga ham javob qaytarilgan. 

«Samarqand viloyatida travmotologik bemorlarni qabul qilishi mumkin bo‘lgan muassasalar juda ko‘p. Qayerda travmotologik kasalliklarni davolashga ixtisoslashtirilgan muassasa bo‘lsa, o‘shu yerga murojaat qilib, otangizni davolatishingiz mumkin. Karantin degani boshqa bemorlar e'tiborsiz qolsin, degani emas», degan Nurmat Otabekov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid