Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda karantinga amal qilmagan qoidabuzar fuqarolikdan mahrum etildi
Singapur hukumati xorijdan qaytgach uy karantiniga amal qilmagan qoidabuzarni fuqarolikdan mahrum qildi.
Foto: EPA
Bu haqda mamlakatning immigratsiya va nazorat boshqarmasida ma'lum qilindi.
Ta'kidlanishicha, 53 yoshli Go Ilya Viktor ismli mahalliy fuqaro 19 mart kuni Singapurga Indoneziyadan qaytgan. Unga koronavirus epidemiyasi sababli 14 kun uyda karantinda qolishligi kerakligi haqida yozma ogohlantirish berilgan. Biroq qoidabuzar uyda qolish o‘rniga, Indoneziyaning Batam oroliga yo‘l olgan. “Unga Singapurdan chiqishda izolyatsiya rejimini buzayotgani va tegishlicha jazolanishi haqida ogohlantirish qilingan. Biroq shunga qaramay u mamlakatni tark etib, 24 martda yana unga Singapurga kirishga harakat qilgan”, deyilgan xabarda.
Boshqarmada ta'kidlanishicha, bila turib amalga oshirilgan qoidabuzarlikning og‘irligi inobatga olinib, erkakni fuqarolikdan mahrum qilishga qaror qilingan.
“Singapur hukumati izolyatsiya royejimini buzuvchilarga nisbatan eng qat'iy choralarni ko‘radi. Bunday qoidabuzarliklar uchun 10 ming Singapur dollari (7 ming dollar) miqdorida jarima va/yoki 6 oygacha qamoq jazosi xavf soladi”, deyilgan xabarda.
Hozirda Singapurda mamlakatga kirayotganlar uchun 14 kunlik karantin amal qilmoqda. Bundan tashqari, 23 martdan mamlakat doimiy yashashga ruxsati bo‘lmagan xorijliklarning kirishi va tranziti uchun to‘liq yopilgan.
Ayni vaqtda Singapurda koronavirusga chalinganlar soni 802 nafarni, vafot etganlar soni 3 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
21:33 / 13.02.2026
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
11:26 / 09.02.2026
Toshkentda bog‘chalardagi “karantin” haqidagi xabarlar rad etildi
21:31 / 30.01.2026
JSST Nipah virusi xavfini past baholadi va cheklov qo‘yishni tavsiya qilmadi
20:53 / 25.01.2026