Jahon | 11:13 / 30.03.2020
14270
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Ukrainada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat qanday tus olishi mumkinligini aytdi

Ukrainani koronavirus epidemiyasi rivojlanishining uchta ssenariysi kutmoqda. Bu ssenariylarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy millatga murojaatida bayon qildi.   

Foto: Sergey Xarchenko / Zuma / Global Look Press

Uning fikricha, birinchi ssenariy bir vaqtda aholining 3-5 foizi virusdan kasallanishini ko‘zda tutadi.

“Bu ayanchli raqamlardir. Biroq bunday ssenariy falokatli hisoblanmaydi. Shu sababli biz tiyrak va intizomli bo‘lishimiz kerak: karantinda qolishimiz, gigiyena qoidalariga rioya qilishimiz va zaruratsiz ko‘chaga chiqmasligimiz lozim. O‘shanda biz bu bo‘hrondan o‘tib olamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Ukraina prezidenti.  

2-variantda kasallanish 25 foizni tashkil qiladi. 3-ssenariyda esa bir vaqtda 50 foiz aholi kasallanadi. Zelenskiyning ta'kidlashicha, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi 2- va 3-ssenariylar rivojlangudek bo‘lsa, ularga dosh berolmaydi. 

Ukraina prezidenti hamyurtlarini karantin ta'tilni va kabobxo‘rlik qilishni anglatmasligini, iliq havo va plyajlar esa hayot va sog‘liqqa xavf bo‘lmasligi kerakligini tushunishga chaqirgan.

25 mart kuni Ukrainada koronavirus tarqalishiga qarshi chora sifatida favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan. Ushbu rejim 24 aprelgacha amal qiladi. Ayni vaqtda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 475 nafarni, vafot etganlar soni 10 nafarni tashkil qilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid