O‘zbekiston | 11:23 / 31.03.2020
5875
1 daqiqa o‘qiladi

Karantin davrida yosh bolali xodimning mehnat ta'tili tugasa, qanday yo‘l tutiladi?

Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva karantin davrida mehnat ta'tili tugaydigan yosh bolali xodimlar qanday yo‘l tutishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Foto: Shutterstock

«Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2020 yil 25 mart kungi buyrug‘iga asosan, agar xodimning mehnat ta'tili tugash kuni ishga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lmasa, ish beruvchi nomiga quyidagi mazmundagi arizani yuboradi:

– muddati va boshlanish sanasi ko‘rsatilgan ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta'til olish bo‘yicha;

– masofaviy ish usuli, moslashuvchan ish grafigi yoki uyda ishlashga vaqtincha o‘tkazish bo‘yicha.

Ish beruvchi xodimga arizasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab to‘liq muddatga ish haqi saqlanmagan holda beriladigan ta'til berishga majbur», – dedi O‘rinboyeva 30 mart kungi brifingda.

Зилола Ғайбуллаева
Tayyorlagan Зилола Ғайбуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid