Vazirlik matbuot kotibi Saodat Boymirzayevaning qayd etişiça, mahalla xodimlarining xonadonlarga qatnovi ijtimoy yordamni öz egalariga yetkaziş va karantin haqida ma'lumotlarni tuşuntiriş bilan izohlanadi.
«Ba'zi qişloq şaroitlarida, çekka mahallalarda elektr toki bilan boğliq uzilişlar borligi yoki internetdan foydalaniş malakasiga hamma ham ega emasligini inobatga olgan holda, aholi orasida koronavirusdan himoyalaniş, bu kasallikning oqibatlari haqidagi ma'lumotlarni barçaga yetkaziş işlari olib borilgan.
Bunda tarğibotning eng zamonaviy usullari asosida tuşuntiriş işlari olib borilgan.
Mahalla xodimlari qaysi oilada nimaga ehtiyoj borligini yaxşi bilişadi. Nogironlar, yolğiz keksalar, moddiy imkoniyati çeklanganlar haqida ular ma'lumotga ega. Şu bois davlat va jamoat taşkilotlari tomonidan körsatilayotgan yordam, ijtimoy ta'minotning kerakli xonadonlarga manzilli yetib borişini ham mahalla fuqarolar yiğini ta'minlaydi.
Şuningdek, moddiy yetişmovçilik mavjud xonadonlarga tibbiy himoya vositalarini yetkazib beriş işlari ham taşkil qilindi», – deya Saodat Boymirzayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik vakiliga köra, mahalla xodimlarining xonadonlarga kirib-çiqişida barça gigiyenik himoya çoralari körilgan.
«Bu tuşuntiriş işlari tibbiyot xodimlari va içki işlar organlarining mas'ul vakillari hamrohligida amalga oşirildi. Bunda gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilinyati. Ijtimoy masofaning saqlanişiga ham ahamiyat qaratilyapti», dedi u 31 mart kuni bölib ötgan brifingda.
Ma'lum qilinişiça, bozorlarda narxlar mö'tadilligini saqlaş borasida ham mahalla faollarining iştiroki ta'minlangan.
«Karantin çoralari körila boşlanganda bozorlarda, savdo nuqtalarida navbatlarning köpayib ketişi, narxlarni noqonuniy oşiriş hollari böldi. Bu holatda vazirlik respublikadagi 5 mingga yaqin mahallaning faol nuroniylari orqali jamoatçilik nazoratini örnatdi va narx-navoning mö'tadillaşuvi uçun amaliy ta'sir körsata oldi», dedi Saodat Boymirzayeva.












