Ma’lum qilinişiça, kelgusi yilda Xitoy tajribasi asosida mamlakat böylab 300 ta mahalla hududida aholi bilan kooperatsiya şaklida jami 107 megavatt quvvatga ega quyoş stansiyalari örnatiladi.
Ijtimoiy yönaltirilgan uşbu loyiha doirasida 30 mingta kambağal oila “yaşil” energiyaga ulanadi. Ularning öz ehtiyojidan ortiqça işlab çiqargan elektr energiyasi umumiy tarmoqqa uzatilib, oilalar uçun qöşimça daromad manbai yaratiladi.
Şuningdek, tadbirkorlar ham suv resurslaridan unumli foydalanib, joriy yil 40 megavatt quvvatga ega kiçik va mikro GESlar qurişdi. Natijada 120 million kilovatt-soat elektr energiyasi işlab çiqarilgani hamda bu loyihalar ular uçun barqaror qöşimça daromad manbaiga aylangani qayd etildi.
Keyingi yilda esa 65 megavattli kiçik va mikro GES barpo etilişi rejalaştirilgan. Prezident ta’kidlaganidek, uşbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektr ta’minoti tubdan yaxşilanadi.











