O‘zbekiston tarixida avval ham karantin joriy etilgani ma'lum qilindi
1966 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida vabo kasalligi tarqalganda karantin tartibi joriy qilingan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.
«O‘zbekiston Respublikasida avval ham hozirgi kabi karantin tadbirlari joriy qilingan. Sobiq ittifoq davrida – 1966 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida vabo kasalligi tarqalgan. Aynan mana shu paytda O‘zbekiston tibbiyotining ko‘plab darg‘alari, olimlari olib borgan samarali chora-tadbirlar natijasida kasallik Qoraqalpog‘istonning o‘zida jilovlangan, vabo butun respublika bo‘yicha tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan. Bu O‘zbekiston tibbiyotining salmoqli yutuqlaridan biri hisoblanadi», deya Nurmat Otabekovning so‘zlari keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
O‘zbekistonning bosh sanitar vrachi koronavirus infeksiyasini davolashda O‘zbekiston tibbiyotida qo‘llanayotgan usullar haqida to‘xtalib o‘tdi.
«Bu borada O‘zbekiston Respublikasining alohida davolash standarti yoki usuli mavjud emas. Bunday holatlarda biz dunyoning ilg‘or tajribalariga suyangan holda ish qilamiz. Albatta, har bir qadamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari, takliflari inobatga olinadi. Bu borada orttirilgan xalqaro tajribaga, respublikada qo‘llanilib, ijobiy natijalar bergan davolash usullariga, har bir sohaning tajribali mutaxassislari fikriga tayanib ish tutiladi.
Deylik, mana shu jarayonni televideniyeda ham ko‘ryapsiz, hatto Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti bilan boshqa ilmiy-amaliy tibbiyot muassasalari o‘rtasida bemorlarni davolash amaliyotida telemeditsina (teletibbiyot) tizimidan foydalanilmoqda.
Bemorlarda kuzatilayotgan har bir holat bo‘yicha masofadan turib soha mutaxassislarining fikrini olish mumkin. Masalan, pulmonologiya sohasida maslahat kerak bo‘ladigan bo‘lsa, u holda Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, qaysidir bemorda onkologik kasalliklar alomatlari aniqlansa, Respublika onkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislarining fikrini teletibbiyot orqali olish mumkin», deydi u.
Mavzuga oid
18:52 / 19.09.2024
Koronavirusning yangi shtammi O‘zbekistonda aniqlanmadi - SSV
16:06 / 07.06.2024
"Saraton va boshqa jiddiy kasalliklar bog‘chadagi sifatsiz taomlanishdan kelib chiqmoqda" - mutaxassis bilan suhbat
14:59 / 05.06.2024
“Bolalarga chirigan kartoshka yedirishmoqda” – Nurmat Otabekov
18:11 / 13.12.2023