Sport ta'lim muassasalari onlayn ta'lim jarayoniga o‘tmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi barcha ta'lim muassasalari, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2020 yil 16 martdan boshlab noma'lum muddatga yopilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi PF–5969-sonli «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirining buyrug‘iga ko‘ra tizimdagi sport ta'lim muassasalarida masofaviy ta'lim jarayoni tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan, vazirlik tizimidagi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida joriy yilning 30 martidan boshlab barcha ta'lim jarayonlari masofadan – uydan turib amalga oshirilyapti.
Ma'lumki, umumta'lim fanlaridan O‘zMTRK tizimidagi telekanallar orqali televizion darslar berib borilmoqda. Shu bois endilikda umumta'lim fanlaridan tashkil etilgan televizion darslarni o‘quvchilar muntazam ko‘rib borishlari va fanlarni o‘zlashtirishlari bo‘yicha har kunlik monitoring tegishli sinf rahbarlari tomonidan, o‘quvchining uyiga bormagan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, har bir sport ta'lim muassasasida ham o‘quvchilar uchun amaliyot jarayonlarini masofadan turib amalga oshirish choralarini ko‘rish maqsadida o‘quv rejasi ishlab chiqildi va trener-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan o‘quvchilarga sport mashg‘ulotlari jadvalidan kelib chiqib, masofadan turgan holda har kunlik vazifalar berib borilmoqda va berilgan vazifalar hamda normativlarni o‘quvchilar tomonidan bajarilishi nazorat ostiga olindi.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari uchun universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan bahorgi semestrda o‘tiladigan fanlar bo‘yicha elektron resurslar yaratilmoqda.
Jumladan, universitetda mavjud kafedralarning ijtimoiy tarmoq (telegram messenjeri)dagi kanallari tashkil etilib, talabalar uchun bahorgi semestrda o‘tiladigan fanlar bo‘yicha ma'lumotlar (ma'ruza matnlari, videomashg‘ulotlar, slaydlar va h.k.) joylab borilmoqda.
Ushbu ma'lumotlar universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari hamda @masofaviytaʼlimuzdjtsu telegram kanalida ham berib borilishi yo‘lga qo‘yildi.
Bundan tashqari, universitet o‘quv-uslubiy bo‘limi va kafedralari tomonidan talabalarni bahorgi semestrda o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha masofaviy baholash hamda bitiruvchi bosqich talabalarining davlat imtihonlarini masofaviy o‘tkazish mezonlari ishlab chiqilmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, respublikamizdagi sport ta'lim muassasalaridagi ta'lim jarayoniga koronavirus ortiq xavf sololmaydi. O‘quvchilar va talabalar o‘z uylarida odatiy dars jarayonlariga qaytmoqda. Shu bilan birga o‘quvchi va talabalar tomonidan o‘quv-mashg‘ulotlarning o‘zlashtirilishi doimiy tarzda monitoring qilib boriladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati
Mavzuga oid
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
20:22 / 21.10.2024
Yengil kasalliklarni dori bilan davolashga o‘rganib qolishning oldi olinadi
20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin
14:53 / 06.09.2024