Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida sektor rahbarlari va mahalla raislari o‘rtasida masofaviy aloqa tizimi yo‘lga qo‘yildi
Toshkent shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tashabbusi bilan hokimlik sektorlari va mahallalar o‘rtasida masofaviy aloqa tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri matbuot kotibi Saodat Boymirzayevaning ma'lum qilishicha, bu tizim orqali sektor rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va profilaktika inspektorlari bilan masofaviy muloqot va audio selektorlar o‘tkaziladi. MFY raislari va profilaktika inspektorlari birinchi galdagi vazifalari haqda aniq yo‘nalishlar oladi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi qoshida xayriya ishlarini muvofiqlashtirish Sall-markaz ishga tushdi. Markaz orqali davlat va jamoat tashkilotlari, deputatlar, tadbirkorlar va boshqa yordam ko‘rsatishni istagan faol fuqarolar manzilli tarzda yo‘naltiriladi. Vazirlik tomonidan mazkur xizmatni butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda.
«Hokimliklarda shtab tuzilib, tezkor aloqa telefoni belgilangan va navbatchi tashkil etilgan. Bundan tashqari, xonadonlardagi vaziyatni uy, yo‘lak, ko‘chaboshilardan yaxshiroq biladigan shaxslar yo‘q. Bu tizimdan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yishda ularning xizmatlaridan foydalanilyapti», deydi vazirlik xodimi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026