JSST Covid-19’dan tuzalganlar sonini e'lon qilishni to‘xtatganiga izoh berdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) butun dunyoda koronavirusdan tuzalganlar sonini e'lon qilishni bas qildi. Tashkilot vakili Tarik Yazarevichning izohlashicha, ko‘p davlatlar bunday ma'lumotlarni uzatishda tizimlilikka rioya qilmayotgani uchun shunday qaror qabul qilingan.
«Xitoydan tashqarida kasallikdan tuzalish holatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, bizda turli manbalardan Covid-19’dan tuzalganlik bo‘yicha rasmiy tasdiqlangan yagona ma'lumot olishning iloji bo‘lmayapti. Chunki barcha davlatlar ham ushbu ma'lumotlarni bizga tizimli tarzda taqdim eta olmayapti», — deya Yazarevichning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.
JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, yangi turdagi koronavirusga nisbatan immunitet ishlab chiqilayotgani borasida epidemialogik ma'lumotlarni ko‘proq olish, shuningdek, bemorlarning kasallikdan to‘liq forig‘ bo‘lganini aniqlovchi usullarni topish kerak.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirus yuqtirib olganlarning soni 884 mingdan oshgan, 44 mingdan ziyod bemor vafot etgan.
Covid-19 yuqumli kasalligini chaqiruvchi SARS-CoV-2 koronavirusining avj olishi Xitoyning Uhan shahrida 2019 yilning dekabr oyi oxirlarida ilk bor qayd etilgan.
2020 yil 11 mart kuni JSST koronavirus pandemiyasini e'lon qildi.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024