Karantin boshlangandan buyon ichimlik suvi iste'moli uchun to‘lovlar 2,6 barobarga tushib ketgan – vazirlik
O‘zbekistonda karantin choralari e'lon qilinganidan buyon ichimlik suvi iste'moli uchun to‘lovlar 2,6 barobarga tushib ketgan. Bu haqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi matbuot kotibi Alipasha Ahmedov 1 aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, karantin boshlanguncha iste'molchilardan bir kunda o‘rtacha 4,5 mlrd so‘m kelib tushgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ushbu ko‘rsatkich 1,7 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda.
«Karantin sharoitida ichimlik suvini uzluksiz yetkazib berish juda muhim ahamiyatga egaligini biz yaxshi bilamiz va mas'uliyatni his qilgan holda barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etib, karantin qoidalariga amal qilib faoliyatimizni davom ettirmoqdamiz.
Ichimlik suvni xonadonlarga yetkazib berish, suvning sifatini va xavfsizligini ta'minlash bir muncha xarajatlarni talab etadi. Ushbu xarajatlar iste'molchilar tomonidan ichimlik suv uchun amalga oshirilgan to‘lovlar hisobidan qoplanadi. Shu sababdan iste'mol qilingan ichimlik suv uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi juda muhimdir. To‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi xonadonlarga ichimlik suvi uzluksiz yetkazib berilishini ta'minlaydi.
Bugungi kunda ichimlik suvi iste'moli uchun to‘lovlar 2,6 barobarga tushib ketgan. To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaslik qarzdorlikning keskin oshishi va taminlovchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati zaiflashishiga olib keldi, bu esa aholiga uzluksiz ichimlik suvini yetkazib berilishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda», deya Alipasha Ahmedovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Vazirlik rasmiysining ma'lum qilishicha, karantin sharoitida, aholiga uydan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyat yaratilgan bo‘lib, buning uchun uchun Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining rasmiy sayti hamda Telegram’dagi maxsus bot orqali uydan chiqmasdan to‘lovlarni amalga oshirish mumkin. Bu yerdan iste'molchilar xizmat ko‘rsatuvchi ta'minot korxonalari va qarzdorliklari to‘g‘risida ma'lumotlarni olish, Click, Upay, Payme, Paynet mobil elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni to‘lash imkoniyati yaratilgan.
Mavzuga oid
12:32 / 08.09.2024
“O‘zsuvta’minot” muhim eslatma bilan chiqdi
22:38 / 07.09.2024
Suvsiz O‘zbekiston. Eski mavzuning yangi tafsilotlari
18:20 / 24.08.2024
Toshkent viloyatida ichimlik suvidan noqnuniy foydalangan korxona rahbari 5 yilga qamaldi
18:44 / 05.08.2024