MIB karantin davrida iste'molchilar bilan yangicha tarzda ish olib bormoqda
Yurtimizda koronavirus (COVID-19) infeksiyasi sababli yuzaga kelgan karantinli vaziyatda iste'molchilar uyida bo‘la turib, foydalanilgan elektr energiyasi, tabiiy gaz uchun to‘lovlarni qanday amalga oshirishi mumkinligi mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan onlayn-brifingda MIB rahbarlari masofaviy muloqotni yo‘lga qo‘yib, to‘lovlarni elektron tarzda to‘lash imkoniyatini yaratishini aytib o‘tishgan edi.
Hozirgi murakkab va aholimizning aksariyat qismi uyda bo‘lib turgan vaziyatda energiya resurslari xonadonlarimiz juda muhim resurs bo‘lib, ehtiyoj yanada ortmoqda, to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi qarzdorliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. O‘z navbatida, bunday paytda fuqarolarimizda ham foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovlarni amalga oshirmasa ham bo‘lar ekan degan noto‘g‘ri fikrni uyg‘otmasligimiz lozim!
Lekin, karantin davrida uyda bo‘lib, MIB davlat inspektoriga hisoblagich ko‘rsatichlarini qanday qilib ko‘rsatish mumkin? Buni masofaviy amalga oshirish mumkinmi?
Avvalo aytish kerak, Majburiy ijro byurosi fuqarolarimiz uchun “Telegram” tarmog‘ida “@mibuzbot” ishga tushirdi. Ushbu bot orqali, endilikda:
• fuqarolarimiz foydalanilgan kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorligini ko‘rishi va hisoblagich ko‘rsatkichlarini fotosuratga olib, ushbu botga jo‘natishlari mumkin;
• byuro davlat inspektorlari abonentlar tomonidan yuborilgan foto suratlarni qabul qilib, ko‘rsatkichlarini tasdiqlaydi va maxsus bazaga kiratadi;
• kommunal xizmatlar yoki ijro hujjtlari bo‘yicha qarzdorlik yuzaga kelsa, buni “PayMe”, “Paynet”, “Click”, “UPay” va boshqa mobil to‘lov tizimlari yordamida to‘lab borishlari mumkin.
Shu bilan birga, “www.mib.uz” rasmiy sayti orqali ham “Kommunal xizmatlardan qarzdorlikni aniqlash” bo‘limidan oxirgi ko‘rsatkichlarni jo‘natish imkoni mavjud.
Mavzuga oid
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
07:37 / 08.11.2024
202,9 mlrd so‘mlik ijro ishlarini asossiz ravishda tugatgan MIB mansabdorlari aniqlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
17:12 / 30.10.2024