O‘zbekiston | 23:45 / 02.04.2020
7910
1 daqiqa o‘qiladi

Karantin holatida bojxona tushumlari qanday bo‘ladi?

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi brifing yakunida Davlat bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonov bilan karantin holatining bojxona faoliyatiga ta'siri haqida suhbatlashdik:

– Koronavirusning O‘zbekiston respublikasi import oqimiga ta'siriga kelsak, karantin holati e'lon qilingan 16 martdan boshlab jismoniy shaxslarning bojxona postlari orqali harakatlanishi to‘xtatildi. Ammo bu cheklovlar xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiruvchi temiryo‘l, avtotransportda yuk tashishlarga umuman ta'sir qilmadi. Barcha tovarlar belgilangan tartibda, oziq-ovqat mahsulotlari ustuvor tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmoqda. Ish tun-u kun tashkil qilingan, hujjatlashtirish elektron tarzda amalga oshirilyapti, to‘lovlar uchun ham barcha mobil ilovalar ishga tushirilgan. 
Hozirgi kunda Afg‘oniston, Eron, Italiya kabi davlatlardan tovarlar kirishi cheklangan. Lekin bu umumiy import hajmiga ta'sir etmaydi. Umumiy bojxona to‘lovlariga qisman ta'sir qilsa-da, bu boshqa tomondan qoplanib ketadi – dedi Farhod Olimjonov.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid