Jamiyat | 14:20 / 03.04.2020
9979
2 daqiqa o‘qiladi

«Xalq banki»: Sirdaryoda pensiya pullari o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda

Foto: Sirdaryo viloyat «Xalq banki» filiali

Respublikamiz bo‘ylab koronavirus pandemiyasining tarqalishining oldini olish maqsadida hamda JSST tavsiyalaridan kelib chiqib, Sirdaryo viloyatida aprel oyi pensiya to‘lovlarini qishloq, MFYlarda pensionerlarni to‘plamasdan, ularning yashash joylariga uyma-uy yurgan holda yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur ish jarayonini tashkil etish bo‘yicha viloyatdagi 224 ta mahallalarda istiqomat qiluvchi 72 mingdan ortiq pensionerlarga viloyat «Xalq banki» filiallari tomonidan mavjud 35 ta sayyor kassalarga qo‘shimcha ravishda 22 ta sayyor kassalar, mavjud 21 ta «Damas» mashinalariga qo‘shimcha 12 ta bank filiallarining xizmat mashinalari hamda viloyat inkassatsiyasiga qarashli 22 ta mashinalar pensiya pullarini o‘z vaqtida yetkazib berish uchun jalb etildi.

2020 yilning 2 aprel kunidan boshlab «Xalq banki» filiallari tomonidan tuman va shaharlarda pensiya pullari pensionerlarning uylariga borib dezinfeksiyalangan yelim xaltalarga solingan sterillangan naqd pullar berilishi ta'minlanmoqda.

Hurmatli pensionerlar!

Hozirgi karantin e'lon qilingan sharoitda uyda qolishlaringizni iltimos qilamiz! Sizlarning pensiya pullaringizni uylaringizga olib borib berish «Xalq banki» tomonidan kafolatlanadi!

Yuqoridagi ish jarayonlarini o‘z vaqtida tashkil etishni ta'minlash Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan qat'iy nazoratga olingan.

Sirdaryo viloyat «Xalq banki» filiali

Mavzuga oid