Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash vaziri karantin rejimini buzdi
Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash vaziri Devid Klark koronavirus pandemiyasi ortida mamlakatda kiritilgan favqulodda vaziyat rejimini buzdi. U mamlakat aholisiga uylaridan uzoqlashmaslik tavsiya qilinganiga qaramay, uyidan 2,3 km olisda payqalgan.
Bu haqda New Zealand Herald nashri xabar berdi. Vazir ushbu qoidabuzarligi uchun o‘z uzrini keltirgan.
Avvalroq vazirning furgoni jurnalistlar tomonidan u yashaydigan uydan 2,3 km uzoqlikdagi avtoturargohda payqalgan. Keyinroq Klark jismoniy holatini saqlash uchun uyidan chiqqanini tan olgan. Uning ta'kidlashicha, u bog‘da velosipedda uchmoqchi va shu bilan birga joriy murakkab vaziyatda sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozimligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.
“Kecha men sog‘liqni saqlash vaziri bilan gaplashdim, u uzrini keltirdi”, deb aytgan Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern.
Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, odamlar uylaridan sayr qilish uchun chiqishlari, zarurat bo‘lganda uylaridan uncha uzoq bo‘lmagan masofalarga borishlariga ruxsat beriladi. Biroq jarohat olish mumkin bo‘lgan joylarga bormaslik lozim.
Yangi Zelandiyada 26 martdan favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan. Tavsiyalarga ko‘ra, odamlar uylaridan uzoq bo‘lmagan joylarda sport bilan shug‘ullanishlariga yo‘l qo‘yiladi.
Mavzuga oid
14:26 / 16.11.2024
Yangi Zelandiyada maori deputatlari bahsli qonun loyihasiga norozilik bildirib, majlisda raqsga tushdi
00:08 / 20.10.2024
Yangi Zelandiya aeroportida yo‘lovchilar va ularni kuzatgani chiqqanlarga 3 daqiqadan ortiq quchoqlashish taqiqlandi
01:09 / 10.10.2024
Yangi Zelandiyada uch yil oldin farzandlari bilan uyidan qochib ketgan ota ilk bor ko‘rinish berdi
23:07 / 05.09.2024