09:00 / 04.04.2020
3760

Toshkentda tibbiy niqob va qo‘lqoplarni tashlash uchun maxsus qutilar o‘rnatilmoqda

Toshkentda foydalanilgan niqob, qo‘lqop va boshqa koronavirusdan himoya vositalarini tashlash uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish boshlandi. Zararlanish xavfi bo‘lgani uchun tibbiy chiqindilarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirmaslik kerak.

Foto: Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Toshkentda tibbiyot chiqindilari — niqob, qo‘lqop va boshqa koronavirusdan himoya vositalarini yo‘q qilish uchun maxsus qutilar o‘rnatilmoqda. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi sabab tibbiyot chiqindilari misli ko‘rilmagan darajada ko‘p hosil bo‘lmoqda. «Mamlakatimizda hech qachon bu qadar ko‘p doka niqoblar, rezina qo‘lqoplar, himoya vositalari ishlatilmagan. Ularni ishlatib bo‘lgandan keyin maishiy chiqindilarga aralashtirish, aslo mumkin emas», — deyiladi xabarda.

Shu maqsadda poytaxtning Mirobod tumanida faoliyat yuritayotgan «Mironshoh» va «Rahnamo» muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari Hasher Weyek loyihasi bilan hamkorlikda yangi loyihaga qo‘l urdi.

Korxonalar o‘z tasarrufidagi chiqindi yig‘ish maydonchalariga (ular jami 14 ta) ishlatilgan niqoblar, rezina qo‘lqoplar, turli xildagi tibbiy himoya vositalarini tashlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy chiqindi qutilarini o‘rnatmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top