“Keça men umrimda birinçi marta Savdo-sanoat palatasi taklifiga binoan Prezident ötkazgan videoselektorda iştirok etdim va öşa tadbirdagi keçinmalarimni ifoda qilmoqçiman.
Nimalardan ta'sirlandim:
- Prezident har bir bemor haqida kundalik xabar oladi. Bir neçta bemorda kasallik keçişi holatlari haqida mukammal axborot berdilar.
- Prezident har qanday moddiy xarajat evaziga bölmasin, bu vaboning tarqalişi oldini oliş, unga boşqa qurbon bermaslik harakatida.
- Kasallik olib ketgan ikki qurbon haqida qayğurib, ularning yaqinlariga va qarindoşlariga ta'ziya bildirdilar.
- Vaziyat qöldan çiqib ketsa, uning oqibatlari naqadar ayançli bölişini hammaga eslatdilar. Bu masalani hal qilişda xalq ongi, sabri, mustahkam intizomi va mas'uliyati qurolimiz bölişi kerakligini belgilab berdilar.
- Qisqaça aytganda, hamma kuç, mablağ, amallar va vositalar epidemiya tarqalişi bilan kuraşişga bağişlanişi kerak.
Bu çoralar xalq uçun, uning soğliği, qolaversa, hayoti uçun qilinyapti. Şuning uçun xalqimiz ham bu masalaga tafakkur ila, intizomli va mas'uliyatli yondaşişi zarur böladi. Tabiiyki, davlat bu borada qattiqqöl bölişdan boşqa çorasi yöq. Buni hammamiz tuşunişimiz zarur.
Pandemiya boşlanganida yurtboşimizning har qança moddiy yöqotişlar evaziga bölsa ham bu kasallikka bitta ham qurbon bermaslik yölini tanlaganlari meni ta'sirlantirgan edi. Özi juda badavlat mamlakat bölmasak-da, Prezident har qanday iqtisodiy manfaatlardan yagona vatandoşimiz hayotini yuqori qöyişlari meni şu yurt fuqarosi sifatida ham quvontirdi, ham faxrlantirdi.

Negaki, juda boy mamlakatlar rahbarlari, jumladan, Italiya, Ispaniya turistlarni çöçitib yubormaslik uçun, AQŞ kapital bozorlaridagi holat barqarorligini buzmaslik uçun uzoq muddat bunday jur'at körsata olişmadi. Buyuk Britaniya hukumati esa, hattoki qandaydir vaqt, mayli kasal bölsak bölamiz, iş töxtamasin yösinida harakat qilib, ahvol mutlaqo oğirlaşgandagina karantin tatbiq qila boşladi.
Natijada, ma'lumki, bu mamlakatlarda hozirda yuzlab, minglab, ön minglab qurbonlar berilyapti, ular dunyoda kasallik tarqalgan mamlakatlar orasida yetakçi örinda turib, Britaniyada hatto valiahd şahzoda va Boş vazir ham şu dardga çalingan.
Mana endigina ayon bölyaptiki, bu kasallikdan ilk nişona paydo bölgan zahoti karantinga kirgizib, jon-jahd ila kuraşiş iqtisodiy jihatdan ham aslida eng töğri qadam bölar ekan.
Men bu xulosaga yaqinda “Vedomosti” jurnalida çop etilgan taniqli iqtisodçi Guriyevning “VVP ili jizn lyudey“ (YaIM yoxud insonlar hayoti) degan maqolasini öqib keldim. Unda, xususan, Amerika misolida, karantin qilib bu dard bilan keskin kuraşiş natijasida röyobga keladigan potensial iqtisodiy yöqotişlar bu dard bilan kuraşmaslik oqibatida vujudga keladigan iqtisodiy yöqotişlardan qariyb 30-35 marotaba kam bölişi sodda hisoblar bilan isbotlab berilgan.
Tadbirkorlik tajribamdan şu narsani örgandimki, halol, insonparvar va odamgarçilik nuqtai nazaridan qilingan hamma amal aslida biznes va iqtisod uçun foydali, aksi esa doim zarar keltirardi. Bu maqola esa şu koronavirus misolida bu tajribaviy xulosani ilmiy tasdiqlab beradi.
Ya'ni karantinning birinçi kunlaridayoq kasallik tarqalişiga qarşi safarbarlik bu nafaqat xalqparvarlik nuqtai nazaridan, balki iqtisodiy jihatdan ham yagona töğri qadam edi.
Keça esa şu yölda ikkinçi muhim qadam bosildi.
Yuqorida aytganimizdek, bu vabo iqtisodiy talofat demakdir, uning asoratlarini hammamiz körib turibmiz. Korxonalar faoliyati töxtagan, transport, turizm, savdo, işlab çiqariş, hamma sohaga ta'sir körsatib turibdi. Buning barçasi ortida odamlarimiz, ularning iqtisodiy manfaatlari, oylik va boşqa daromadlari turibdi. Bu şaroit boşqalardan köra ayni kam daromadli oilalar rözğoriga katta zarba bölib tuşadi, içki bozorimizda iste'mol va aholining sotib oliş quvvatini tuşiradi.
Prezidentimizning pandemiya şaroitida qabul qilgan ikkinçi farmoni xuddi şu asoratlarni davlat mablaği hisobiga yengillaştirişga bağişlangan. Farmonda kam daromadli tabaqalarni ijtimoiy himoyalaş va tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş çoralari öz aksini topdi.
Men bu yerda şu ikkala yönaliş aslida bir ekanini va u pirovardida xalqning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilişga qaratilganligini körsatib bermoqçiman.
Ijtimoiy himoya çoralari öz-özidan şu hodisa natijasida birinçi zarbani öziga olgan kam ta'minlangan fuqarolarimizga davlat tomonidan kafolatlangan iqtisodiy kömak çoralarini kengaytirib va çuqurlaştirib beradi.
Şu örinda men tadbirkorlarga berilayotgan kömak haqida batafsilroq töxtalib ötmoqçiman.
Bu çoralar ham xalq manfaati, jumladan xuddi ana şu kam ta'minlangan aholi qatlamlari manfaatiga xizmat qiladi.
Soliq islohotlari muhokama bölayotgan paytda şu narsa ayon böldiki, aholimizning işga layoqatli qismining uçdan ikkisi hatto daromaddan soliq tölaş röyxatidan ötmagan ekan. Bu degani — bu xaloyiq daromad topmaydi, degani emas, balki ular rasman qayd etilmagan bölsa-da, har sohada kundalik tirikçilik topiş bilan maşğul edilar. Uşbu pallada favqulodda töxtaşlar oqibatida, boşqalardan köra ayni şu insonlar eng katta talofat köribgina qolmay, ularning manfaatlari eng kam ijtimoiy himoyalangan.
Ma'lumki, bu guruhning daromadlari manbasi bu yakka holdagi biznes va kiçik hajmli korxonalar faoliyatidir. Yangi farmonning salmoqli qismi xuddi ana şu tabaqalarni himoyalaşga bağişlandi. Unda yakka tartibdagi tadbirkorlik, hunarmand, kasanaçi, uy mehnati bilan maşğul insonlar, kiçik biznes, ayniqsa hozirgi şaroitda faoliyati töxtab qolgan korxonalarga eng katta yengilliklar yaratildi. Şu kabi korxonalarga hamda oddiy fuqarolarning banklar oldidagi önlab trillion qarzlari böyiça katta yumşatişlar berildi.
Keyingi toifa — bu turizm sohasi. Oxirgi yillar davlatimiz sa'y-harakatlari ila turizm rivojlanişiga katta turtki berilgandi. 80dan ortiq mamlakat fuqarolariga mamlakatimizga vizasiz kiriş tartibi örnatilib, yana talaygina mamlakat sayyohlari uçun onlayn viza kabi kulay şaroitlar yaratildi. Bundan taşqari, davlat öz resurslari bilan mehmonxonalar qurilişiga kirişgan tadbirkorlarga hatto ular hisobiga ma'lum mablağlar ajratdi. Davlatning bu çaqiriğiga labbay deb çiqqan tadbirkorlar köplab mehmonxonalarni tez orada işga tuşirdilar, yana yuzlab mehmonxonalar quriliş va loyiha poğonasida edi.
Mavjud şaroitlar xuddi şu soha tadbirkorlariga hammadan katta zarba berdi. Sababi, sayohatlar mutlaqo töxtadi. Bu şaroitda davlat bu sohaga yaratgan şaroitlar, albatta, juda dolzarb va örinli. Bu kunlar va sinovlar ötib ketadi, lekin biz natijada kelajakda yurtimizda köpdan-köp işçi örinlar barpo qilib, köplab qatnaşçilarga ega, raqobatbardoş, valuta tuşumini salmoqli oşiriş qobiliyatiga ega bölgan butun bir aksari nodavlat sohani saqlab qolişimiz juda zarur. Bunda oddiy xalq kelajagiga katta foyda bor.
Endi aholi iste'moli uçun zarur 20dan ortiq oziq-ovqat va boşqa iste'mol mollariga aksiz va boj tölovlarining nolga tuşirilganiga kelsak, bu aniq va bevosita iste'molçilar, ya'ni xalq manfaati uçun qöyilgan qadam. Men buni sahifalarimda va maqolalarimda köp qaytarar edim, har qanday boj tölovlar biznes ustidagi emas, balki iste'molçi ustidagi yuk ekanligini. Uşbu farmon bilan Prezidentimiz xuddi ana şu yukni aholiga yana bir bor davlat hisobidan yengillaştirib berdilar.
Natijada, yangi farmon bilan avvalgi e'lon qilingan 10 trln söm ustiga yana 20 trln sömdan ortiq mablağni boşidan qiyinçilik keçirayotgan xalqimiz foydasiga qayta taqsimlab berildi.
Selektor davom etardi.
Şu joyidan bu yiğiliş menga haqiqiy katta korporatsiyaning juda jadal va unumli biznes jarayonini eslata boşladi.
Agar majlisning avvalgi qismi davlat tomonidan beriladigan resurslarga bağişlangan bölsa, bu qismi töla-tökis şu resurslarni unumli joriy va nazorat etişga bağişlandi.
Meni bu jarayonda, ayniqsa, berilayotgan yordam aholiga va tadbirkorlarga yetib boriş tizimi, tadbirkorlar bilan joylarda olib borilayotgan işlarning izçilligini oşiriş yangi mexanizmlarining muhokamasi juda qiziqtirdi.
Şu örinda videoselektor majlisida bir tajriba muhokamasini kuzatib, özim uçun karantin sababli jamiyatimiz raqamlaşgan iqtisodiyotga yanada dadil qadam bosib ötib ketsa, ajab emas, deb öyladim.
Boyovut hamda Töraqörğon tumanlarida boş vazir örinbosari Jamşid Anvaroviç Qöçqorov boşçiligida ajib bir tajriba boşlandi. Telegram-bot tizimida tuman tadbirkorlari avtomatik röyxatdan ötib, davlat hokimiyatiga bölgan barça savol, muammo va takliflari bilan murojaat qilişlari mumkin. Bunda tadbirkorlar röyxat raqamlari böyiça tuman tört sektor rahbarlariga avtomatik taqsimlanadi. Har bir tadbirkor uçun şu sektor rahbari otaliqqa olingan kabi şaxsan javobgar bölib, savoliga öz vaqtida javob berişi, masalani hal qilib, taklifni körib çiqiş tizimi yaratiladi. Hamma amallarning raqamli izi bölib, markazdan bu sodda nazoratga olinişi ta'minlanadi. Ya'ni endi beçora tadbirkor birovning qabuliga kelib, rasmiyatçilik va har xil sansalorlik va keçiktirilişga yöliqmaydi. Nazarimda, tajriba yaxşi ötyapti va davlatimiz rahbari bu tizimni zudlik bilan mamlakatimiz barça viloyat va tumanlarida tatbiq etilişini topşirdilar.
Bu xuddi yordam mablağlarini tadbirkorlik daraxtini suğorişga qiyoslasak, bu çora xuddi suğorilayotgan daraxtning tagini çopiq qilib yordam daraxt ildizlariga yetişini ta'minlaş, desa böladi. Ana endi bu daraxtning soğlom şoxlari — ya'ni salohiyatli tadbirkorlar bu yordam evaziga ösib, kökarib, vatanga hosil berişlariga umid boğlasa böladi.
Majlisda qator viloyatlar, xalq xöjaligi sohalari, taşqi iqtisodiyot va investitsiyalar sohalaridagi ahvol keng ravişda körib çiqilib, muhokama qilindi.
Mening nazarimda, muhokamalarning aksariyatida juda jadal, asosiy masalalarga töla va töğri urğu hamda e'tibor berib ötildi.
Bir vaqtlar davlat arboblarining majlislariga kelib qolib, zerikib, şu majlislarda qança vaqt bekor ötadi, deb xayol qilardim. Keçagi videoselektorda esa, aksinça, biz işbilarmonlar masalalarni muhokama qilişda şu videoselektordan ança saboq olişimiz mumkin ekan, deb tuşundim.
Biz tadbirkorlarga muhim topşiriq böldi. Uşbu muşkul vaziyatda sabr va halollik ila faoliyat körsatib, xalqning oğirini yengil qiliş va narx-navo masalalarida xalqqa kömakçi böliş hamda imkon qadar iste'molçilarning uzoğini yaqin qiliş masalalari qöyildi.
Xalqimizda qars ikki qöldan çiqadi degan naql bor. Davlat tadbirkorlar va aholiga yuzlanib, şunça qadam bosganida, biz tadbirkorlar ham davlat va xalqimizga qarab baholi qudrat odimlaşimiz kerak. Bu qiyin şaroitdan, aminmanki, çiqib ketamiz, lekin yeçim birdamligimizda”.
Eslatib ötamiz, 3 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan inqirozga qarşi kuraşiş şaroitida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi.
Yiğilişda pandemiya oqibatlari oğir ta'sir qiladigan korxonalar bilan alohida işlaş zarurligi ta'kidlandi. Şuningdek, aholini zarur iste'mol tovarlari, oziq-ovqat, dori va gigiyena mahsulotlari bilan ta'minlaş masalasiga alohida e'tibor qaratildi.













