Jahon | 00:58 / 06.04.2020
4708
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda qolayotgan xorijliklarning vizasi yil oxirigacha cho‘zib beriladi

BAA hukumati koronavirus pandemiyasi sababli mamlakatda qolayotgan xorijliklar va yashash huquqiga ega shaxslar uchun vizani joriy yil oxirigacha uzaytirib berishga qaror qildi. Bu haqda BAA bosh vaziri Muhammad bin Rashid Ol Maqtum tvitterda ma'lum qildi.

Foto: Getty Images

Uning ta'kidlashicha, vazirlar mahkamasining videoaloqa shaklida o‘tgan yig‘ilishida “BAAda yashash huquqiga ega bo‘lganlarning barchasiga viza uzaytirib berilishi”ga qaror qilingan. Bu toifadagi rezidentlarda “bunday holatda undirilishi kerak bo‘lgan soliq olinmaydi”.

BAA bosh vaziri hukumat “davlatning strategik zaxirasini mustahkamlash haqida” qaror qabul qilgani hamda davlat korxonalariga “o‘z ishlab chiqarishini sog‘liqni saqlash tarmog‘i ehtiyojlarini maksimal qondirish uchun qayta tashkillashtirishi” zarurligini aytgan.

Ayni vaqtda BAAda 200 dan ko‘proq kishida koronavirus aniqlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid