Chernobilda yong‘in sabab radiatsiya miqdori me'yordagidan 16,5 baravar ko‘payib ketdi
4 aprel kuni boshlangan o‘rmon yong‘inlari sabab Kiyev yaqinidagi Chernobil hududida radiatsiya miqdori me'yordagidan 16,5 baravarga ko‘payib ketdi. Bu haqda Ukraina davlat ekoinspeksiyasi rahbari vazifasini bajaruvchi Yegor Firsov ma'lum qilgan.

Foto: Yaroslav Yemelianenko/AFP
«Hisoblagichlar hududda radiatsiya miqdori 2,3 ekanini ko‘rsatmoqda. Me'yoriy miqdor esa 0,14 bo‘lishi kerak», deydi Firsov radiatsiya ko‘rsatkichi yong‘in sabab bunchalik ko‘tarilib ketganini izohlar ekan. Uning aytishicha, sobiq AES joylashgan va Chernobil hududi deb ataladigan yerlarda 20 gektar o‘rmon yongan. Umumiy hisobda esa 100 gektar o‘rmon olov ichida qolgan.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra, kimdir yerdagi quruq o‘tlarni yoqib yuborgan va olov o‘rmonga ham o‘tgan. 3 kundan buyon davom etayotgan yong‘inlarda 140 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi, o‘nlab mashina, samolyot, vertolyotlar jalb qilingan. Yong‘in natijasida ko‘tarilgan tutun Ukraina poytaxti Kiyevgacha borgan va odamlar havoning badbo‘yligidan shikoyat qilgan.

Ma'lumot uchun, Chernobildagi atom elektrostansiyasida 1986 yil 26 aprel kuni avariya sodir bo‘lib energobloglardan biri portlagan. Oqibatda Ukraina, Rossiya va Belarusning Chernobilga yaqin hududlarida radiatsiya miqdori ortib ketgan.
Yong‘in sabab 150 mingdan ko‘proq odam evakuatsiya qilingan, yong‘inni bartaraf etish uchun 600 ming odam safarbar etilgan. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 1986 yilgi avariya sabab 50 kishi halok bo‘lgan, ammo o‘sha vaqtda tarqalgan radiatsiya minglab odamlarning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgani aytiladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
Jahon | 20:02
-
"Ha – yo‘q" radioo‘yini muallifining armonlari
Jamiyat | 19:35
-
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi
Jahon | 19:32
Mavzuga oid

17:21 / 24.01.2025
Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazining asosiy faoliyat yo‘nalishlari belgilandi

17:46 / 30.11.2024
Mislsiz radiatsiya va qurbonlar: Chernobil fojiasi qanday sodir bo‘lgandi?

21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi

20:33 / 29.08.2024