«Respublika radioaktiv çiqindilarni saqlaş markazi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, Yadro fizikasi instituti huzuridagi Respublika radioaktiv çiqindilarni kömiş punkti negizida Respublika radioaktiv çiqindilarni saqlaş markazi (Markaz) taşkil etiladi.

Markaz respublikadagi radioaktiv çiqindilarni maxsus avtotransportda taşiş, qabul qiliş, saralaş va uzoq muddatli xavfsiz saqlaş böyiça yagona xizmat körsatuvçi davlat muassasasidir.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

- respublikada işlab çiqarilgan va unga olib kirilgan, işlaş muddati tugagan yoki işdan çiqqan radioaktiv manbalar bilan işlaş jarayonida hosil bölgan radioaktiv çiqindilarni saralaş, qayta işlaş, uzoq muddatli saqlaş;

- radioaktiv çiqindilar bilan muomala qilişning innovatsion usullarini işlab çiqiş va bu sohada ilmiy tadqiqot ötkaziş;

- sohada raqamlaştiriş va axborot texnologiyalarini qöllaş hamda tegişli davlat organlari bilan axborot almaşinuvini ta’minlaş.