Qozoğistonda 290 million kub metrdan ortiq radioaktiv çiqindilar mavjud. Bu haqda Atom energiyasi agentligi raisi örinbosari Gumar Sergazin ma’lum qildi, deb xabar berdi Tengrinews.

11 noyabr kuni ötkazilgan majlisda radioaktiv çiqindilar bilan boğliq işlarni amalga oşiriş töğrisidagi qonun loyihasi taqdim etildi. Muhokama davomida Sergazin dolzarb raqamlar bilan örtoqlaşdi.

«Bugungi kunda Qozoğiston hududida qariyb 293 million kub metr radioaktiv çiqindilar mavjud bölib, şundan eng katta uluş - 290 million kub metri past faollikdagi radioaktiv çiqindilardir. 237 kub metri Semipalatinsk sinov poligoniga töğri keladi. Bu poligondan olib taşlangan va ifloslangan tuproq. Qolgan radioaktiv çiqindilar - bu örtaça, yuqori faollikdagi çiqindilar - Milliy yadro markazi, Yadro fizikasi instituti, Ulba metallurgiya zavodi, Stepnogorsk kon-kimyo kombinati korxonalaridan keladi. Oqtovda Qöçqor-Ota va Kimyo-gidrometallurgiya zavodi ham bor», dedi Gumar Sergazin.

Qayd qilinişiça, qonun loyihasi doirasida radioaktiv çiqindilar bilan boğliq barça munosabatlarni tartibga soluvçi milliy operator taşkil etiladi.

«Bugun körib turibmizki, hatto dunyoda ham kömiş punktlari böyiça amaliyot juda zaif. Bir neçta mamlakatlarda kömiş punktlari mavjud. Qonun loyihasida kömiş punktlarini taşkil etiş ham nazarda tutilgan. Ular hukumat qarori bilan belgilanadi. Ularni quriş va radiatsiya xavfsizligini ta’minlaş uçun milliy operator mas’ul böladi, şu jumladan kelajakda barça radioaktiv çiqindilarni kuzatiş, hisobotlarni taqdim etiş, reyestrni yuritiş», deb qöşimça qildi Sergazin.

Ma’lumot uçun, radioaktiv çiqindilar - tarkibida radioaktiv izotoplar bölgan, keyinçalik foydalanişga yaroqsiz, salomatlik va atrof-muhit uçun xavfli bölgan çiqindilar. Ular atom elektr stansiyalarining işlaşi, yadro yoqilğisini qayta işlaş, şuningdek, ilmiy, tibbiy va sanoat maqsadlarida hosil böladi.