Qarorga köra, 2026 yil 1 avgustdan xavfli işlab çiqariş obektlari va texnik qurilmalaridan foydalanişdagi huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarni Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasiga (Qömita) foto va (yoki) videomateriallar körinişida taqdim qiliş hamda taqdim etgan şaxslarni rağbatlantiriş tartibi joriy etiladi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga asosan, taqdim etiladigan foto va (yoki) videomateriallarda quyidagilar aniq aks etgan bölişi lozim:

- sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarlik mohiyati;

- huquqbuzarlik sodir etilgan manzil (geolokatsiya), sana va vaqt.

Axborot tizimi orqali kelib tuşgan materiallar hamda “E-ma'muriy ish” uçun zarur ma’lumotlar töplami Qömitaning hududiy boşqarmasi (bölimi) mas’ul xodimi tomonidan 3 ish kuni mobaynida joyiga çiqqan holda körib çiqiladi.

Mas’ul xodim qonunçilikka muvofiq ma’muriy ish qözğatadi, dalillarni rasmiylaştiradi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks talablariga binoan qaror qabul qiladi.

Foto va (yoki) videomateriallarni taqdim etgan şaxs huquqbuzarlik böyiça undirilgan jarimaning Qömitaga ötkazilgan qismidan 20 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.